Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari

  • Yashil
    Universitet



Xizmat safari

Fransiyaga xizmat safari doirasida Urganch davlat universiteti rektori v.v.b. S.Xodjaniyazov, Xorijiy filologiya fakulteti dekani Z. Jumaniyozov, fransuz tili o‘qituvchilari N.Samandarova va O. Matyoqubovalar Erasmus+ loyihasi doirasida Puatye universitetida akademik mobillik asosida tahsil olayotgan Urganch davlat universitetining talabalari bilan uchrashdilar.

Tashrif davomida universitet vakillari talabalarning o‘qish jarayoni, ularga yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim olish imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdilar. Universitet vakillari talabalar joylashgan yotoqxonaga tashrif buyurib, ularning yashash sharoitlari bilan ham tanishdilar. Talabalar bilan bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida, ularning ta’lim jarayoni bilan bog’liq fikrlari, ilmiy faoliyatlari va kelajakdagi rejalariga oid fikr-mulohazalari tinglandi. 

Ulashish: