Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari

  • Yashil
    Universitet



Kelajakka qadam — bugundan boshlanadi!

UrDUda "Kelajakka qadam" dasturi doirasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

✅Xabaringiz bor, (https://t.me/URDU_PRESSA/59470) o'z biznes loyihasini amalga oshirish istagida bo'lgan oliy ta'lim muassasalari bitiruvchi bosqich talabalarining biznes g'oyalarini tayyor loyihagacha olib borish jarayoniga yordam berish maqsadida O'zMilliy Bank AJ tomonidan yaratilgan "Kelajakka qadam" dasturi faoliyati uchun Urganch davlat universitetida alohida xona faoliyati yo'lga qo'yildi.

????Loyiha doirasida oliygoh bitiruvchi bosqich talaba-yoshlari bilan uchrashuvlar tashkil etilib, ularga dasturning mazmun-mohiyati hamda maqsad va vazifalari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda. 

????Joriy yilning 24-mart kuni bo’lib o’tgan uchrashuvda oliygoh rektori v.v.b. Sardor Xodjaniyazov hamda "O’zmilliybank AJ Xorazm viloyati bosh boshqarmasi Mahallabay ishlash va davlat dasturlarini moliyalashtirish bo’limi loyiha menejeri Umidjon Bekmanovlar bitiruvchi talabalar bilan loyiha yuzasidan suhbat olib borishdi.

 

Ulashish: