Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari

  • Yashil
    Universitet



“Talabalar ligasi” sport musobaqalarining kurash bo‘yicha Respublika final bosqichining taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi

Joriy yilning 17-19 may kunlari “Talabalar ligasi” sport musobaqalarining kurash bo‘yicha Respublika final bosqichi Urganch davlat universitetida o‘tkazildi.  Musobaqada Respublikamizning 14 ta hududidan jami 252 nafar ishtirokchilar  qatnashib, talabalar o‘z viloyati sharafini munosib himoya qilishdi.

 Mazkur musobaqada Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetining 6 nafar talabasi turli xil vazn toifalarida faol qatnashib, faxrli o'rinlarni qo'lga kiritishdi. Respublika miqyosida qo'lga kiritilgan ushbu g'alaba ko'p ming sonli universitetimiz jamoasini yuksak faxr-iftixorga to'ldirmoqda. Ushbu natijadan ko'rinadiki, universitetimiz nafaqat ta'limda, balki sportda ham respublika va jahon miqyosida o'zining yuksak pog'onalarini egallab kelmoqda.

Umumiy natijalarga ko'ra:
1-o'rin: Qurbandurdiyeva Gulshan — Sport faoliyati, pedagogika va psixologiya fakulteti 241-dzyudo guruh talabasi;
1-o'rin: O'razbayeva Nesibeli — Sport faoliyati, pedagogika va psixologiya fakulteti 242-kurash guruhi talabasi;
2-o'rin: Sadullayeva Xayitjon — Sport faoliyati, pedagogika va psixologiya fakulteti 3-bosqich talabasi;
 2-o'rin: Sultanov Kamronbek —  Sport faoliyati, pedagogika va psixologiya fakulteti 23.01- kurash guruhi talabasi;
3-o'rin: Botirov Tolibjon — Sport faoliyati, pedagogika va psixologiya fakulteti 23.01- kurash guruhi talabasi;
3-o'rin: Ollamov Ravshan — Sport faoliyati, pedagogika va psixologiya fakulteti 23.01-dzyudo guruhi talabasi.

Kurashchi talabalarimizning ushbu g‘alabasi bilan universitetimiz jamoasini, sportchi talabalarimiz va ularning murabbiylarini chin dildan qutlaymiz.

Ulashish: