Qardosh xalqlar hamdo'stligi
19-sentabrda “Turk o‘choqlari” tashkilotining sobiq prezidenti, doktor, professor Nedim Ünal boshchiligida "Ona yurtdan ota yurtga shiori ostida turkiyalik mehmonlarning Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti tuzilmasidagi "Qatag‘on qurbonlari xotirasi" muzeyiga tashrifi bo‘lib o‘tdi.Ko'tarinki kayfiyatda bo'lib o'tgan ekskursiya muzey direktori Yulduz Rahmonova tomonidan tashkilashtirildi. Professorlar , ko'p yillik tajribaga ega yuqori malakali pedogoglar jamosidan tashkil topgan turistlarning eng qiziqtirgan mavzular, asosan, Chor Rossiyasi tomonidan O'rta Osiyo xonliklarning egallanishi, mustamlaka davrida bo'lib o'tgan milliy ozodlik chiqishlar va XX asrda O'rta Osiyodagi milliy uyg'onish harakati va uning namoyondalari hayoti va ular tomonidan jamiyatni istiqlolga yetaklashda qo'llanilgan strategiyalar bo'ldi.