Close
Saytda texnik ishlar olib borilmoqda!
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti "Roman - german filologiyasi " kafedrasida 5-dekabr kuni 448-xonada navbatdagi ilmiy-uslubiy seminar bo'lib o'tdi.

Seminarda "Roman - german filologiyasi" kafedrasi  stajor-o'qituvchisi Gulimmatova Rashida Samandar qizining "Raqamli texnologiyalarni chet tili o'qitishda qo'llashning afzalliklari"  mavzusidagi ma'ruzasi tinglandi. 

Seminarda chet tili o'qitishda raqamli texnologiyalarning tutgan o‘rni, ularning pedagogik jarayonga ta’siri, talabalarning kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, chet tili o‘qitish jarayonida raqamli texnologiyalardan oqilona foydalanish talabalar bilim sifatini oshirishi, o‘qituvchining dars jarayonini yengillashtirishi, talabalarda mustaqil ta’limga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirishi qayd etildi.

Kafedra professor-o'qituvchilari mavzu bo'yicha o'z fikr va mulohazalarini bildirdilar.  Ilmiy-uslubiy seminar qizg'in ruhda o'tdi.

Ulashish: