Close
Saytda texnik ishlar olib borilmoqda!
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Seminar-trening

UrDU Xorijiy filologiya fakulteti professor-o'qituvchilari Astanada xalqaro seminar va treninglarda ishtirok etdi.  Joriy yilning 8–12-dekabr kunlari Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti professor-o'qituvchilari  Qozog‘istonning Astana shahrida L.N.Gumilyov nomidagi Yevroosiyo milliy universitetida o‘tkazilgan xalqaro seminar va treninglarda ishtirok etdi. Tadbir Britaniya Kengashining “Accelerating English Language Learning in Central Asia (AELLCA Phase II)” dasturi doirasida tashkil etildi. Tashrif davomida Astanadagi 87-maktab-gimnaziyada o‘qituvchilar uchun maxsus trening o‘tkazildi. Mashg‘ulotlarda ingliz tilini o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar, kommunikativ metodlar va interfaol texnologiyalar bo‘yicha tajriba almashildi. Shuningdek, Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi mudiri  R.Abidova Qozog‘iston va Qirg‘iziston o‘qituvchilari va talabalariga ma’ruzalar o‘qib, amaliy treninglar o‘tkazdi.

Seminarlarda PRESETT – ingliz tili o‘qituvchilarini dastlabki tayyorlash tizimi metodikasini amaliyotga tadbiq etish masalalari muhokama qilindi.O'tkazilgan uchrashuvlar natijasida Bishkek davlat universiteti va Yevroosiyo milliy universiteti bilan kelajakdagi hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Ulashish: