Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



UrDU jamoasi politexnikumda ijodiy uchrashuv o‘tkazdi

Bugun, 22-noyabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Filologiya va San’at fakulteti tashabbusi bilan Bog‘ot tumani 1-son politexnikumida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Ushbu uchrashuv yoshlarni san’at, adabiyot va ma’rifat olamiga yaqinlashtirishga xizmat qildi.

???? Tadbir davomida Urganch davlat universiteti “Jadid” teatr jamoasi tomonidan sahnalashtirilgan “Qirmizi olma” spektakli tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi. Insoniylik, ma’naviy izlanish va hayotiy tanlovlar aks ettirilgan ushbu asar yoshlarning qalbiga yetadigan badiiy kuchi bilan ajralib turdi.

???? “Jayhun” orkestr jamoasining jonli chiqishlari tadbirga yorqin kayfiyat bag‘ishlab, milliy va zamonaviy ohanglarning uyg‘un ijrosi bilan barchani o‘ziga rom etdi.

???? Shuningdek, talaba-yoshlarning ijodiy ishlari namoyish etilgan rasmlar ko‘rgazmasi tashrif buyurganlarga san’atning rang-barang olamini his etish imkonini berdi.

Ulashish: