Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



2025-yilning 15-16 sentabr kunlari Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida Texnika fakulteti tashabbusi bilan “Qurilish va arxitektura sohasidagi innovatsion g‘oyalar, integratsiya va tejamkorlik” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Anjuman doirasida soha mutaxassislari tomonidan O‘zbekiston Milliy avtomagistrallari bo‘ylab barqaror servis infratuzilm

2025-yilning 15-16 sentabr kunlari Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida Texnika fakulteti tashabbusi bilan “Qurilish va arxitektura sohasidagi innovatsion g‘oyalar, integratsiya va tejamkorlik” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Anjuman doirasida soha mutaxassislari tomonidan O‘zbekiston Milliy avtomagistrallari bo‘ylab barqaror servis infratuzilmasini rivojlantirish uchun innovatsion yechimlar, Arxitekturada texnologik innovatsiyalar va raqamli transformatsiya istiqbollari, qurilish materiallari ishlab chiqarishda innovatsion texnologiyalar va yangiliklar singari mavzularda ilmiy ma’ruzalar va qizg‘in muhokamalar olib borildi. Quvonarli ushbu ilmiy-amaliy konferensiyada “Qurilish” kafedrasining jonkuyar professor-o’qituvchilari ham munosib tarzda ishtirok etishdi, konferensiya respublika miqyosida o’tkazilgan bo’lishiga qaramasdan xorij oliy ta’lim muassasalaridan ham professor va akademiklar kelib qatnashishdi, o’tkazilgan konferensiya shukuhi viloyat va respublika ommaviy axborot vositalarida kunlar davomida yoritilib borildi.

Ulashish: