Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



“Akademik va yoshlar” uchrashuvi

Bugun, 10-dekabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Kimyoviy texnologiyalar fakultetida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Qoraqalpog‘iston bo‘limi boshlig‘i, texnika fanlari doktori, professor, akademik Reymov Axmed Mambetkarimovich bilan uchrashuv tashkil etildi.

Akademik o‘z nutqida ilm-fan taraqqiyotining yangi bosqichlari, ishlab chiqarish bilan integratsiya jarayonlari, shuningdek, yurtimizda yoshlarga yaratilayotgan sharoitlar haqida atroflicha fikr yuritdi. U ilmiy izlanishlarda aniqlik, qat’iyat, yangilikka intilish va amaliy natijaga yo‘naltirilgan fikrlashning muhimligini alohida ta’kidladi. 

Mazkur muloqot talabalar uchun nafaqat savollarga javob topish imkoniyati, balki o‘z sohasidagi yetuk olim bilan bevosita muloqot qilish, kelgusidagi ilmiy faoliyati uchun motivatsiya olish nuqtayi nazaridan ham juda ahamiyatli bo‘ldi. 

Ulashish: