Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti “Roman–german filologiyasi” kafedrasida 9-yanvar kuni 430-xonada navbatdagi ilmiy-uslubiy seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda “Roman–german filologiyasi” kafedrasi o'qituvchisi Sobirov Usmon Sotiboldiyevichning " Chet tili darslarida gapirish ko'nikmasini rivojlantiruvchi mashqlar” mavzusidagi ma’ruzasi tinglandi.

Ma’ruzada gapirish ko‘nikmasini shakllantirishga qaratilgan mashqlarning turlari, ularning dars jarayonidagi o‘rni hamda talabalarning nutqiy faolligini oshirishdagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.

Dialog va monolog mashqlari, juftlik va guruhli ishlash, rolli o‘yinlar, muammoli vaziyatlar asosida nutqiy mashqlar, savol-javoblar hamda erkin suhbatlar orqali talabalarning og‘zaki nutqini rivojlantirish imkoniyatlari yoritib berildi.

Kafedra professor-o'qituvchilari mavzu yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar. Ilmiy-uslubiy seminar qizg'in tarzda o'tdi.

Ulashish: