Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti “Roman–german filologiyasi” kafedrasida 16-yanvar kuni 448-xonada navbatdagi ilmiy-uslubiy seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda “Roman–german filologiyasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi Ibragimova Zamira Atanazarovnaning “ Sun'iy intellektdan nemis tili darslarida  foydalanish ” mavzusidagi ma’ruzasi tinglandi.

Ma’ruzada zamonaviy ta’lim jarayonida sun’iy intellekt texnologiyalarining o‘rni, xususan, nemis tilini o‘qitishda raqamli platformalar, AI asosidagi mobil ilovalar, interaktiv mashqlar va avtomatik tahlil vositalaridan foydalanish masalalari atroflicha yoritib berildi.

Seminar davomida kafedra professor-o‘qituvchilari mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar, amaliy tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Ilmiy-uslubiy seminar savol-javoblar hamda qizg‘in bahs-munozaralar bilan yakunlandi.

Ulashish: