Dastlab seminar-treninglarning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
Unda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti rektori v.v.b. S.Xodjaniyazov ishtirok etib, seminarni rasman ochib berar ekan, bunday xalqaro tadbirlar nafaqat ingliz tilini o‘rganish va o‘qitish jarayonlarini yanada rivojlantirishga, balki oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlashga ham muhim hissa qo‘shishini alohida ta’kidladi.Shuningdek, ushbu seminar-treninglar professor-o‘qituvchilar uchun yangi bilim va tajribalar almashish, zamonaviy inklyuziv ta’lim yondashuvlarini chuqur o‘zlashtirishga xizmat qilishini qayd etib, tadbir ishtirokchilariga muvaffaqiyat tiladi.
