Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti “Roman–german filologiyasi” kafedrasida 23-yanvar kuni 448-xonada navbatdagi ilmiy-uslubiy seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda kafedra o‘qituvchisi Jumaniyazov Xasanbek Ilhombayevich tomonidan “Chet tilini o‘qitishda ta’lim texnologiyalari integratsiyasi” mavzusidagi ma’ruza tinglandi.

Ma’ruzada chet tilini o‘qitish jarayonida zamonaviy ta’lim texnologiyalarini an’anaviy metodlar bilan uyg‘unlashtirish, ularning o‘quv jarayonidagi samaradorligi, ta’lim sifatini oshirishdagi o‘rni haqida batafsil ma’lumot berildi. Xususan, interaktiv metodlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, raqamli platformalar va multimediya vositalaridan foydalanishning afzalliklari yoritib berildi.

Seminar yakunida kafedra professor-o‘qituvchilari mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Ilmiy-uslubiy seminar qizg‘in savol-javob va bahs-munozaralarga boy tarzda o'tdi.

Ulashish: