Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Baishyev universiteti va Urganch davlat universiteti o‘rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi

Joriy yilning 11-fevral kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Michael Houlgate va direktor o‘rinbosari Jamilya Gulyamova, Baishyev universiteti rektori Ligina Olga, universitetning Ilm-fan va strategik rivojlanish bo‘yicha prorektori Bibigul Kusanova hamda Urganch davlat universiteti rahbariyati o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv doirasida ikki universitet o‘rtasidagi ilmiy va ta’limiy hamkorlik imkoniyatlari, qo‘shma ilmiy va amaliy loyihalarni amalga oshirish, xalqaro va mintaqaviy ilmiy konferensiyalar, seminarlar hamda turli amaliy tadbirlarni tashkil etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Muzokaralar yakunida Baishyev universiteti va Urganch davlat universiteti o‘rtasida do‘stona va samarali hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladigan Memorandum imzolandi. Ushbu hujjat kelgusida ikki oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida qo‘shma ilmiy, ta’limiy va amaliy loyihalarni rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratadi.










 








Ulashish: