Close
Skip to main content


Yakka kurash kafedrasi bo‘yicha monitoring

Yakka kurash kafedrasi bo‘yicha hisobot

Ta’lim sifatini ichki ta’minlash tizimi takomillashtirilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning e’lon qilinishi bo‘yicha hisobot

Yakka kurash kafedrasida ta’lim sifatini ichki ta’minlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan ishlar muntazam ravishda amalga oshirilmoqda. Mazkur faoliyatning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash maqsadida tegishli ma’lumotlar oliy ta’lim tashkilotining rasmiy veb-sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qilib borilmoqda.

Jumladan, ta’lim sifatini oshirish, o‘quv-uslubiy faoliyatni takomillashtirish, professor-o‘qituvchilar malakasini rivojlantirish, talabalar bilimini baholash tizimini takomillashtirish hamda ichki monitoring natijalari yuzasidan tayyorlangan axborotlar muntazam ravishda ommaga taqdim etilmoqda.

Ma’lumotlar quyidagi manbalarda joylashtirilgan:

  • OTM rasmiy veb-sayti: www.urdu.uz
  • OTMning rasmiy Telegram, Facebook va Instagram sahifalari.

Mazkur ma’lumotlarning e’lon qilinishi ta’lim jarayonining shaffofligini ta’minlash, manfaatdor tomonlarni xabardor qilish hamda ta’lim sifatini boshqarish tizimining samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Ulashish: