Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Urganch davlat universitetida Hindistonning, Bharati Vidyapeeth tadqiqot va menejment о‘rganish instituti bilan hamkorlikdagi almashuv о‘quv dasturlari yо‘lga qо‘yildi.

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora – tadbirlari tо‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli qarori asosida Urganch davlat universitetida (UrDU) ta’limni internatsionalizatsiya kilish maqsadida Hindistonning Bxarati Vidyapiit tadqiqot va menejment о‘rganish instituti (BVIMSR) bilan 2020 yilning 16 dekabr kuni ikki tomonlama almashuv о‘quv dasturi memorandumi ishlab chiqildi  va imzolandi. Unga kо‘ra, ikki о‘quv dargohining professor-о‘qituvchilari tomonidan Hindiston va О‘zbekistonlik magistratura va bakalavriatura talabalari jami 200 nafar talabaga dekabr oyida onlayn tarzda almashuv о‘quv mashg‘ulotlari interaktiv usullar yordamida olib bormoqdalar.

Ushbu institutlararo almashuv о‘quv dasturining tashkiliy, texnik va dasturiy ta’minoti bо‘yicha faoliyat olib borayotgan mutaxassislarning birlamchi tajribasi Jaxon banki Xalqaro Rivojlanish Assotsiatsiyasi tomonidan moliyalashtirilgan “Zamonaviy onlayn kurslar yaratish markazi” loyihasi doirasida shakllangan.

Bugungi kunda Markaz yetarlicha media texnik vositalari bilan jihozlangan bо‘lib maxsus professor – о‘qituvchilarni onlaynda mashg‘ulotlar о‘tkazish bо‘yicha bilim kо‘nikmalarini oshirish va chet el xamkor universitetlar bilan aloqa о‘rnatgan holda darslar о‘tkazishga yо‘naltirilgan. Ta’limni raqamlash va transformatsiya qilish vazifalarini bajarishda chet el oliy о‘quv yurtlari bilan xamkorlik alohida rol о‘ynaydi.

Urganch davlat universiteti 2-bosqich magistrantlari uchun “Biznesni tadqiq qilish usullari”  fanidan BVIMSR professori  Dr.Viina Tripati va bakalavriat ta’lim yо‘nalishlari talabalariga “Moliyaviy bozorlar”  fanidan professor  Dr.Alka Dxingralar maxsus kelishuv asosida tasdiklangan dastur asosida Internet imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda interaktiv tarzda mashg‘ulotlarini jami yuzlagan talabalarimizga о‘tkazmoqdalar.

 Shuningdek, Indiyaning BVIMSR magistratura talabalariga “Makro va mikro ekonomika” fanini iqtisodiyot fanlari falsafa doktori, dotsent I.Y.Rudenko va magistratura talabalariga “Statistika” fanini “iktisodiyot va turizm” fakulteti katta о‘qituvchisi Jasur Otayevlar almashuv о‘quv mashg‘ulotlarini jami yuzlagan talabalarga onlayn tarzda olib bormoqdalar.

 2020 yilning dekabr oyida о‘tkaziladigan ushbu onlayn interaktiv mashg‘ulotlarning yakunida yuzlagan О‘zbekistonlik va Indiyalik talabalar о‘quv mashg‘ulotlarda uzliksiz qatnashgan va о‘quv jarayonida berilgan topshiriqlarni о‘z vaqtida bajara olgan talabalarga 30 soatlik о‘quv dasturini yakunlaganligi tо‘g‘risida Halqaro Sertifikatlar berilishi kо‘zlanmoqda.    

 Mashg‘ulotlar davomida barcha magistratura va bakalavriat talabalar barcha mobil ilovalar, kompyuter vositalar va Internetdan foydalanish bilim va kо‘nikmalarini rivojlantirib, chet ellik olimlar mashg‘ulotlarini eshitib, bilimlarini oshirishga erishmoqdalar. Bu juda quvonarli holat.

Post pandemiya davrida, oliy ta’limni modernizatsiya qilishga extiyoji oshgan  bir paytda bunday halqaro hamkorliklar fakat samara va talabalar bilim olishida qiziqish uyg‘otadigan omil deb hisoblanadi.

UrDU ichki nazorat va monitoring bulim boshlig‘i X.I.Shixova

Ulashish: