Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



“She`riyat shohsupasi” ko`rik-tanlovining final bosqichi bo`lib o`tdi

2020-yil 16-dekabr kuni talaba-yoshlarning ma’naviyatini yuksaltirish, ularni kitobga, she`riyatga  oshno qilish, mashhur adiblarimiz hayoti va ijodi bilan yaqindan tanishtirish maqsadida Urganch davlat universitetida an`anaviy tarzda o`tkazilib  kelinayotgan “She`riyat shohsupasi” ko`rik-tanlovining final bosqichi bo`lib o`tdi. Ushbu tanlovning final bosqichi mashhur o`zbek adibi Muhammad Rizo Ogahiy tavalludining 211 yilligiga bag`ishlab o`tkazildi.  

Tadbirni UrDU Yoshlar bilan ishlash bo`yicha prorektori S.Davletov ochib berib, Muhammad Rizo Ogahiyning ijodiy faoliyatiga to`xtaldi,  shuningdek  “She`riyat shohsupasi” ko`rik-tanlovining an`ana tusiga kirib qolganligi va talabalarning faol ishtirokidan o`z mamnuniyatini bildirib, tanlov ishtirokchilariga zafarlar tiladi.

“She`riyat shohsupasi” ko`rik-tanlovining final bosqichida  Filologiya hamda Pedagogika fakultetlarining 8 nafar  talaba qizlari o`zaro Ogahiyning she`riy merosidan bahsga kirishdilar.

Tadbir davomida talabalar ijrosida kuy-qo`shiq va raqslar, Ogahiy ijodiy faoliyatiga doir sahna ko`rinishi namoyish etildi.

Tadbir yakunida hakamlar hay’ati xulosasiga ko`ra  Filologiya fakulteti dekani D.G`ayipov g`oliblarni e’lon qilib, diplom va esdalik sovg`alar bilan taqdirladi.

Ulashish: