Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Astarxan davlat universiteti “Rus tili va adabiyoti” kafedrasi dotsenti Sannikova Natalya Yurievna Urganch davlat universiteti talabalariga ma’ruza kurslarini olib borish uchun taklif etildi.

Astarxan davlat universiteti “Rus tili va adabiyoti” kafedrasi dotsenti Sannikova Natalya Yurievna Urganch davlat universiteti talabalariga ma’ruza kurslarini olib borish uchun taklif etildi. N. Yu. Sannikova 2019 yil 12 apreldan 16 aprelgacha Urganch davlat universiteti “ Xorijiy Filologiya” fakulteti talabalariga “Zamonaviy rus adabiy tili” kursidan dars mashg‘ulotlarini olib bordi.

2019 yilning 18 iyun kuni universitetga Astraxan davlat universiteti vakili Kseniya Tyurenkova, Astraxan davlat texnika universiteti xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Yukina Evgeniya Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida UrDUda viloyat oliygohlari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi. Shu bilan birga, Astraxan davlat universiteti bilan kelishuvga asosan UrDUda rus tili va madaniyati markazi ochilishi bo‘lib o‘tdi. Shuningdek tashrif davomida, Astraxan davlat texnika universiteti va Urganch davlat universiteti o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolanib shartnomaga kura xorijiy filologiya  fakultetida magistratura: “Tarjimonlik ishi” yunalishi ochildi.

Ulashish: