Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



“Yosh notiqlar” ko‘rik-tanlovi

2021-yil 25-fevral UrDU Madaniyat saroyida  Filologiya fakulteti  tomonidan universitetning ilg`or va iqtidorli talabalari ishtirokidagi “Yosh notiqlar” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi. 

Universitet talaba-yoshlarini ona tilimiz, xususan, o‘zbek tilida ravon va to‘g‘ri so‘zlash, notiqlik san’atini egallashga bo‘lgan havaslarini yana ham kuchaytirish, o‘zbek tili rivojiga hissa qo‘shgan notiq, so‘z san’atkorlari ijodini o‘rganish, targ‘ib qilish, ularning asarlaridagi notiqlik, nutq madaniyatiga oid bilimlarni egallash, davlat tilimizga bo‘lgan e’tibor va hurmatni yanada kuchaytirish maqsadida o`tkazilgan ushbu ko‘rik-tanlovda universitetning bir guruh shijoatli, iqtidorli talaba-yoshlari o`z mahoratlarini namoyish qildilar.

Birinchi shartda har bir ishtirokchi o‘zi haqidagi barcha ma’lumotlarni she’riy yoki nasriy yo‘l orqali bayon qilgan bo`lsa, ikkinchi shartda nutqiy mahoratni yanada oshiruvchi va fikrlashga undovchi erkin mavzularda notiqlik mahoratini ko‘rsatib berdilar.

Har bir shart hakamlar hay`ati tomonidan baholanib borildi. Natijalarga ko`ra:
1-o`rin:  Xorijiy filologiya fakulteti talabasi Raisov Shamshiddin
1-o`rin:  Filologiya fakulteti talabasi Ganjayeva Munisa
2-o`rin:  Pedagogika fakulteti talabasi Qurbonov Murodjon
3-o`rin:  Filologiya fakulteti talabasi Sultonova Ozoda

Ushbu o`rinlar sohiblarini hamda  tanlovda faol qatnashgan talabalarni Filologiya fakulteti dekani  D.G`ayipov hamda  “O`zbek tilshunosligi” kafedrasi mudiri A.Primovlar  diplom va tashakkurnoma  shuningdek,  esdalik sovg`alar bilan taqdirladilar.

Har oyda bir marotaba o`tkazildigan mazkur ko`rik-tanlovga “O`zbek tilshunosligi” kafedrasi o`qituvchisi M.Rahimova moderatorlik qildi. 

Ulashish: