Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Urganch davlat universiteti «Kimyoviy texnologiyalar» kafedrasi professori, texnika fanlari doktori Jumaniyazov Maqsud Jabbiyevich 60 yoshda

Jumaniyazov  Maqsud  Jabbiyevich  1960-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, 1982-yilda Toshkent politexnika institutining «Noorganik moddalar texnologiyasi» mutaxassisligini tugatgan. 1987-yilda nomzodlik, 2005-yilda esa doktorlik dissertasiyalarini himoya qilgan. Texnika fanlari doktori, professor.
 M.J.Jumaniyazov  Urganch davlat universitetiga 1992-yilda  «Umumiy va organik kimyo» kafedrasi dosenti va  mudiri vazifasi lavozimiga ishga qabul qilingan.  Shu  yildan buyon oliy dargohga  mehr qo‘yib, sidqidildan fidokorona, halol mehnat qilib kelmoqda. U mazkur o‘quv dargohidagi faoliyati davrida oddiy o‘qituvchilikdan kafedra mudiri,  fakultet dekani, tarbiyaviy ishlar bo‘yicha rektor muovini va o‘quv ishlari prorektori darajasiga ko‘tarildi. Bor kuchi va bilimini vatanimiz uchun yuksak malakali kadrlar tayyorlashga bag‘ishlab kelayotgan tajribali va faol o‘qituvchi, bag‘rikeng rahbar, mamlakatimizda kimyoviy texnologiyalar sohasining taniqli, serqirra olimi.
 
M.J. Jumaniyazov 350 dan ortiq ilmiy ishlar, 11 ta ixtiro, 11 ta uslubiy qo‘llanmalar va ikkita monografiya muallifi. Ilmiy ishlari chet elning (Angliya, Avstraliya, Germaniya, Xitoy, Xindiston va Rossiya) va Respublikaning nufuzli ilmiy jurnallarida e’lon qilindi, 30 ortiq davlatlarda xalqaro anjumanlarda qatnashdi.

Ulashish: