Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Urganch davlat universiteti professori Jumaniyazov Maqsud Jabbiyevich tavalludining 60 yilligiga bag`ishlangan respublika ilmiy-texnik anjumani o`tkazildi

2021-yilning 19-aprel kuni Urganch davlat universiteti professori, texnika fanlari doktori Jumaniyazov Maqsud Jabbiyevich tavalludining 60 yilligi hamda mehnat va ilmiy faoliyatining 40 yilligiga bag`ishlangan  “Mahalliy xom ashyolar va ikkilamchi resurslar asosida innovatsion texnologiyalar” nomli Respublika ilmiy-texnik anjumani o`tkazildi. 
Unda respublikaning taniqli akademiklari, fan doktorlari hamda universitet professor-o`qituvchilari va talaba-yoshlari ishtirok qildi. Anjumanga Urganch davlat universiteti  rektori Bahrom Ismoilovich Abdullayev raislik qildi.
Anjumanni Xorazm viloyat hokimi Farhod O`razboyevich Ermanov  o`z tabrik so`zi bilan qatnashib, Maqsud Jabbiyevichga  viloyat hokimligining esdalik sovg`alarini topshirdi.
Shundan so`ng, anjuman ishtirokchilari kun tartibidagi masalalar, jumladan,  O‘zR FA akademigi, t.f.d. prof. Sh.S.  Namazov  “Markaziy Qizilqum fosforitlarini qayta ishlash istiqbollari”, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi, k.f.d, prof.B.S.Zokirov “O`zbekiston Respublikasi qishloq xo`jaligida samaradorli agroximikatlar qio`llash muammolari”,  Qoraqalpoq davlat universiteti rektori  t.f.d., prof.A.M.Reymov “Fan va ta`limga fidokor ustoz”,  Termiz davlat universiteti dekani  k.f.d., X.T.Turayev  “To`rtlamchi fosfor birikmalari asosida sintez qilingan akstragentlar yordamida nodir metallar ekstraksiyasi” kabi bir qator mavzularda ma`ruza qildilar.
Anjuman o`z ishini 20-aprel kuni sho`balarga bo`lingan holda davom ettiradi. 

Ulashish: