Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Kafedramiz professor o'qituvchilar tamonidan olib borilayotgan ilmiy semenar,kurs loyihasi,sayyor dars, texnologik amaliyot

“Qurilish” kafedrasi yangiliklari

Bugungi kunda “Qurilish” kafedrasi professor o’qituvchilari tomonidan turli hil yo’nalishlarda o’ziga hos yangiliklar qilinmoqda. Jumladan: haftaning har dushanba kunlari kafedra mudiri tomonidan tasdiqlangan tartibga binoan kafedrada ilmiy hamda metodik seminarlar o’z vaqtidan kechikmasdan va belgilangan tartibli ketma-ketlikda olib borilmoqda.

 

Bu kabi seminarlardan ko’zlangan asosiy maqsad ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar, ilm-fan sohasida qo’lga kiritilayotgan eng so’ngi yutuqlarni muhokama qilish va shu bilan birga kafedraning ilmiy salohyatga ega va tajribali professor-o’qituvchilari o’z tajribalarini kafedraning yangi va yosh hodimlari bilan almashishni ham maqsad qilib oladi. Va shu yo’l bilan kafedrada ustoz-shogirt ananalarini yanada mustahkamlanib, yosh avlodni bilimli va yetuk qilib tarbiyalashdek ulug’vor vazifa o’z yechimini topadi.

Shu ishlarning indallosi sifatida 2020-2021-o’quv yilining o’zida “Qurilish” kafedrasining ikki nafar o’qituvchisi: Yusupova Lola Shonazarovna hamda Navruzov Shavkat Normatovichlar o’z ilmiy faolyatlarini “mustaqil izlanuvchi” sifatida davom ettirib, kelajakda “Qurilish” kafedrasining ilmiy salohiyatiga o’zlarining ulkan hissalarini qo’shishlari kutilmoqda. Kafedrada har ikkala ilmiy izlanuvchining ilmiy rahbarlari tomonidan tasdiqlangan mavzulari bo’yicha belgilangan grafik bilan ilmiy seminarlar tashkil qilinib olib borilmoqda.

 

 

“Qurilish” kafedrasining yana bir mustaqil izlanuvchisi Sattarov Nemat Azatbayevichning ham ilmiy natijalari kafedraning professor-o’qituvchilari tomonidan seminarlar orqali kuzatib boriladi. Jumladan Sattarov Nemat Azatbayevich shu yilning o’zida 6 ta respublika va 4 ta xalqaro ilmiy nashrlarda o’zining maqolalari bilan faol bo’ldi, chiqarilgan 4 ta xalqaro maqoladan bittasi Scopus bazasida indekslangan yuqori impact factorli jurnalda chop qilindi.

 

Bundan tashqari “Qurilish” kafedrasida O’zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirining 2019 yil 13 apreldagi “Oliy ta`lim muassasalarida dars mashg`ulotlarini mavzular bo`yicha tegishli joylarda sayyor o`tkazilishini ta`minlash to`g`risida”gi 340- sonli buyrug`i ijrosini ta`minlash maqsadida, “Qurilish” kafedrasi professor-o’qituvchilari ham bu borada maqtansa arzigulik ishlarni amalga oshirishmoqda. Jumladan bu borada kafedra o’qituvchilaridan Sattarov.N, Soburov.Q, Sholikorova.D, Yuldashev.K, Samandarov.A, Masharipov.Sh, Sultanova.S lar talaba yoshlarning fikrlari va talablaridan kelib chiqqan holda dars mashg’ulotlarini sayyor tarzda bevosita qurilish obektining o’zida amalga oshirishmoqda.

 

Bu kabi sayyor darslarni tashkil qilishdan ko’zlangan asosiy maqsad bilimga chanqoq yoshlarimizni kasbiy bilim va ko’nikmalar bilan yanada bilimli zehnli va yetuk kadr qilib tarbiyalab yurtimiz ravnaqiga munosib hissa qo’shadigan yoshlar qilib tarbiyalashdir.

Bulardan tashqari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan Innovatsion rivojlanish vazirligi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, “Ipoteka-bank” ATIB, O‘zMTRK O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bilan hamkorlikda “Uchinchi renessans – yoshlar nigohida” nomli respublika tanlovida “Qurilish” kafedrasi o’qituvchisi Samandarov Abbos Islomboy o’g’li ham qatnashib 1-fakultet bosqichidan birinchi o’rin bilan, 2-OTM bosqichidan ham birinchilardan bo’lib, tanlovning 3-hududiy bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritdi. Samandarov Abbosning “Ajdodlar merosini o’rganishda innovatsion texnalogiyalardan foydalanish” mavzusida qilgan ilmiy izlanishlari ko’pchilik hayat azolari va talaba yoshlarda katta qiziqish uyg’otdi.

 Kafedramizda talabalarning kurs loyiha ishlarini bajarish jarayonlari ham yuqori saviyada zamonaviy texnalogiyalarni qo’llagan holda amalga oshirilmoqda. Bu borada bitiruvchi kurs talabalari o’zidan kichik guruh talabalariga na’muna sifatida kichik guruh talabalari bilan birgalikda kurs loyiha himoyalari bo’lib o’tmoqda.

 

Qurilish kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan talabalarning bilim olishlarini yanada takomillashtirish ishlari bo’yicha ham maqtashga arzigulik ishlar olib borilmoqda jumladan, Matnazarov I, Yuldashev K, Yusupova L, Masharipov Sh, Navruzov Sh lar tomonidan 3-kurs Qurilish materiallari buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish yo’nalishi talabalari uchun maxsus Qoraqalpog’iston Respublikasining Qorao’zak tumanida joylashgan “Titan Sement” sement ishlab chiqarish zavodiga ilmiy ekskursya tashkil qilindi, qilingan ekskursya davomida talaba yoshlar o’zlariga kerakli bo’lgan qiziqarli ma’lumotlarni kafedra o’qituvchilari va zavod ishchi hodimlaridan so’rab bilim va ko’nikmalarga ega bo’lib olishdi.

 

 

“Qurilish” kafedrasining yosh kadrlari tomonidan ham ta’lim jarayonlari uchun yangi va zamonaviy uslubdagi o’quv materiallari tayyorlanib o’qish jarayoni uchun amalda keng tadbiq qilinmoqda, jumladan kafedraning yosh a’zosi Bekchanov Humoyun Maksud o’g’li tomonidan qurilish materiallari fanlarini o’qitishda yangi uslub va dizayndagi o’quv tarqatma materiallari tayyorlab chop qilinmoqda, bu kabi o’quv materiallarining boshqa materiallardan farqli jihati shundaki bu turdagi o’quv materiali rangli bosmada, grafik dizayn elementlari bilan boyitilgan, QR kodlar orqali talabalarga yanada ko’proq bilim berish mumkinligi bilan ajralib turadi.

 

 

Ulashish: