Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



"Inson- aziz, qadr - muqaddas"

Shu yilning 8-may kuni Lingvistika:o'zbek tili mutaxassisligi 1-bosqich magistrantlari "Inson- aziz, qadr- muqaddas" shiori ostida faxriylarni yo‘qlash,  ularni suhbati,  duosini olish maqsadida vohamizning sevimli yozuvchisi va shoiri Qurbon Muhammadrizo xonadoniga tashrif buyurishdi. Qahramonimiz o‘zining ijod yo'li,  hayotiy faoliyati haqida qiziqarli voqealarni,  ibratomuz hodisalarni gapirib berdi. O‘z ijod namunalaridan o‘qib eshittirdi. Uchrashuvda Yozuvchilar uyushmasi raisi Gavhar opa Ibodullayeva ham qatnashdi. Hayotidagi ulkan burilish hamda bugungi kundagi darajasining sababkori sifatida qahramonimizni tilga oldi. Ular bilan nafaqat ustoz-shogird, balki ota-qiz rishtalari orqali bog'langanliklarini e'tirof etib o'tdi. Dildan qilingan suhbat barchaga xush kayfiyat bag‘ishladi.

Ulashish: