Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari


 

Xorijiy filologiya fakulteti 2019 yil fevral oyida sobiq Jahon tillari (2010 yilgacha), Chet tillari (2015 yilgacha) va Filologiya va san’at (2015 yilgacha) fakultetlari bazasida tashkil qilingan. Fakultetga bugungi kunda dots. Z.Jumaniyozov rahbarlik qilmoqda.

Fakultetda bugungi kunda 150 dan ortiq professor-o’qituvchi faoliyat ko’rsatmoqda va 3000 ga yaqin talaba tahsil olmoqda.

Fakultet qoshida

  • Ingliz tili va adabiyoti
  • Roman-german filologiyasi
  • Tarjima nazariyasi va amaliyoti
  • Fakultetlararo chet tillar kafedralari mavjud bo’lib, ularda 6 ta – Filologiya va tillarni o’qitish: ingliz tili, Filologiya va tillarni o’qitish: nemis tili, Filologiya va tillarni o’qitish: fransuz tili, Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili (o‘zbek va rus ta‘lim tili asosida), Tarjima nazariyasi va amaliyoti (2019), Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati (2019) yo’nalishlari bo’yicha bakalavrlar va Lingvistika: ingliz tili va Lingvistika nemis tili (2019) mutaxassisliklari bo’yicha magistrlar tayyorlab kelinmoqda.

Fakultetning ilmiy salohiyati bugungi kunda 17% ni tashkil qiladi, jumladan fakultet professor-o‘qituvchilari qatorida 1 nafar fan doktori, 21 nafar fan nomzodi va PhD lar talabalar magistrlarga tahsil berib kelmoqdalar.

Fakultetda xalqaro hamkorlik va chet ellar bilan ilmiy aloqalar bo‘yicha ancha ishlar amalga oshirilgan. Jumladan, AQSH, Angliya, Germaniya, Fransiya, Ukraina, Koreya davlatlari doirasida Britaniya kengashi, KOIKA tashkiloti, V.Gyugo nomidagi madaniyat markazi, Norvich universiteti, Maks Plank instituti, Maynz universiteti, DAAD, Konrad Adenauer jamg‘armasi, Gyote instituti, Galle universiteti, Erasmus Mundus tashkiloti, Hindiston elchixonasi, Zaparojye milliy universiteti va boshqa tashkilotlar bilan o’zaro ilmiy-pedagogik hamkorliklar mavjud. Ushbu tashkilotlar bilan imzolangan hamkorlik shartnomalari asosida fakultetda bir qancha xorijlik mutaxassislar faoliyat olib boryaptilar. Shu jumladan AQSHlik volontyor Andryu Xovard, Rebekka Martin, Piter Barsum (2015-206), Koreyalik volontyor Jo Juxeon, Che Hyon Rak (2014-2015), Germaniyalik Yurgen Asmus, Hans Passmanlar (2017-2018) mashg‘ulotlar olib bordilar. 2018-2019 o‘quv yilida Amerikalik volontyor Mina Gavel, koreyalik volontyor Lim Jongmyung, Germaniyalik mutaxassislar Wilhelm Rotman nemis tili, Helga Lefelman fransuz tili bo‘yicha  faoliyat olib bordilar. Jumladan joriy 2021-2022 o‘quv yilida Zaparojye milliy universiteti professorlari Derevianko Yulia Yuryevna, Tretyak Yulia Nikolayevna, Zahra Zarrati hamda “English Fellow Program” dasturi doirasida Estalla Iton mavjud hamkorlik shartnomalari bo‘yicha fakultetda ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar olib bormoqdalar.

Chet el bilan hamkorlikda bajarilgan e’tiborga molik ishlardan yana biri – 2012-2014 yillarda Germaniyada fermerlarning va qishloq xo’jaligi bo’yicha ixtisoslikka ega kollejlarning boshlang’ich hamda professional bilimlarini oshirishga qaratilgan ikki jildlik “Landwirt” kitobini o’zbek tiliga o’girish bo’yicha Germaniyaning Weihen Stefan universiteti hamda Folkswagen fondi bilan hamkorlikdagi loyiha amalga oshirilgan.

2009 yildan bugungi kunga qadar Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi o’qituvchisi Masharipova Feruza rahbarligida Amerikaning “Access Microprojekt” dasturi bo’yicha maktab o’quvchilari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari talabalari uchun UrDU tomonidan pedagogik yordam ko‘rsatish uchun grant yutib olindi va 2017 yilgacha faoliyat ko’rsatgan bo’lsa, 2018-2021 yilga qadar fakultet qoshida Amerikaning STEM loyihasi o’z faoliyatini olib bordi.

Fakultet professor-o’qituvchilari Amerika, Angliya, Germaniya, Fransiya, Belgiya, Rossiya, Qozog’iston, Hindiston, Xitoy, Koreya, Malayziya kabi davlatlarning nufuzli oliygohlarida o‘z malakalarini oshirib qaytdilar.

Respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalari – O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, O‘zbekiston milliy universiteti, Andijon davlat universiteti, Samarqand davlat chet tillar instituti, Buxoro davlat universiteti, Qoraqalpoq davlat universiteti – bilan ham hamkorlik shartnomalari tuzilgan hamda bu bo‘yicha uzviy tarzda ilmiy seminarlar, konferensiyalar tashkil qilish, o‘quv adabiyotlar chop etish, lug‘at yaratish, talaba almashinish hamda boshqa shu kabi ishlar bajarilib kelinmoqda.

So‘ngi 5 yilda fakultet professor-o‘qituvchilari tomonidan 1000 dan ortiq ilmiy-nazariy va ilmiy uslubiy maqolalar xorij, respublika va OTMda, 50 dan ortiq darslik, o‘quv va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar nashr qilindi.

 Fakultet tuzilmasi:

O’quv ishlari bo’yicha dekan o’rinbosarlari: Kutlimuratov Umarjon Shakirovich, Matyakubov Jahongir Madamin o‘g‘li.

Ilmiy ishlar va xalqaro hamkorlik bo‘yicha dekan o‘rinbosari: PhD Kalandarov Aybek Ruzimbayevich.

Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Matkarimov Safarboy Rajabovich.

Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi mudiri f.f.n., prof. Ermetova Jamila Ismaiolvna.

Roman-german filologiyasi kafedrasi mudiri katta o‘qituvchi Abdullayeva Gulnora Abdullayevna.

Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri PhD, katta o‘qituvchi Rahimova Go‘zal Yuldashevna.

Fakultetlararo chet tillar kafedrasi mudiri PhD, dotsent Rajapova Feruza Abdullayevna.