Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Urganch davlat universiteti Meva-sabzavotchilik kafedrasi katta o'qituvchi Durdiyev.Komilning Ildizmevali sabzavotlar biologiyasi mavzusida ilmiy-nazariy seminari

K.Durdiyev  “Ildizmevali sabzavotlar biologiyasi” mavzusida ma’ruzaga chiqdi. ildizmevalar — isteʼmol qilinadigan qismi (mevasi) ildizda boʻladigan ekin (sabzavot) lar; Sershira ildizi, yaʼni ildizmevasi uchun ekiladi. Koʻpgina I. oziq-ovqat va yem-xashak ekini hisoblanadi. Bir yillik I. ga rediska, ikki yillik I. ga sabzi, lavlagi, sholgʻom, bryukva, petrushka, selderey, turp kiradi. Ikki yillik I. urugʻi sepilgan yili toʻpbarg chiqarib, ildizmeva hosil qiladi, ikkinchi yili gulpoya chiqarib urugʻ beradi. I. ning mevasi gʻoyat yirik boʻlishi bilan ajralib turadi,yapon turpining ogʻirligi 16—30 kg ga, pastki barglari uzunligi, 1 m ga boradi. Ildizmevada shakar (qand lavlagi, bryukva), inulin (sachratqi), kraxmal (qatron), vitaminlar (sabzi, sholgʻom, rediska) toʻplanadi. I. yaxshi ishlov berilgan, unumdor, namgarchilik yetarli yerlarda moʻl hosil berishini ayttilar. 
ldizmevali sabzavotlarga ishlov berish:
Ildizmevali sabzavotlar tarkibida uglevodlar, darrnondorilar. rang va hid beruvchi ekstraktiv moddalar ko'p bo’ladi.Ildizmevali sabzavotlardan sabzi, lavlagi, turp, sholg'om, rediska ko'p ishlatiladi. Bu sabzavotlar saralanib olingandan so'ng, ustki tuproqlardan yuviladi va po'sti yupqa qilib pichoq yoki qirg'ich yordamida archiladi, so'ngra oqib turgan sovuq suvda yuviladi va taom turiga ko'ra kerakli shakllarda to'g'raladi. Ildizmevali sabzavotlar asosan: somoncha, parrak-parrak, kubcha , tilim-tilim, shuningdek murakkab usulda pichoq yoki maxsus moslamalar yordamida yulduzcha, tojsimon, atirgul, tabiatdagi turli shakldagi gullar, spiralsimon ko'rinishda to'g'rash mumkin. Bu to'g'rash usullari asosan taomlarni bezatishda ko'llaniladiShu tariqa nazariy mashg’lot ko’tarinki ruhda o’tdi. 
 Shu tariqa kafedra professor-o‘qituvchilari o’zilarini qiziqtirgan savollar bilan ma’ruzachi va talabarga murojaat qildilar va seminar savollarga boy hamda ko’tarinku ruhda o’tdi. 

 

Ulashish: