Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari


"Notiqlik san'ati" bo'yicha tanlov


14.04.2021 yil “Roman-German filologiyasi”  kafedrasida talabalar o‘rtasida «Notiqlik san’ati» tanlovi o‘tkazildi. Tanlovda talabalar Germaniya Federativ Respublikasining Toshkentdagi elchixonasi tomonidan berilgan mavzular bo‘yicha qatnashdilar.

Talabalarning chiqishlari hakamlar xay’ati tomonidan ma’ruzaning tayyorlanishi, talabaning notiqlik san’ati hamda nemis tilini bilishi kabi me’zonlar asosida baholandi.

Nemis tili ta’lim yo’nalishi 3-kurs talabasi Yo‘ldosheva Dilnura Hamid qizi 90 ball to‘plab tanlovning birinchi (saralash) bosqichida birinchi o‘rinni egalladi.