Close
Skip to main content

Geografiya fanidan online olimpiada


Urganch Davlat universitetida maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan onlayn geografiya fan olimpiadasi tashkil qilindi. Urganch Davlat universitetining onlayn geografiya fan olimpiadasi maktab o‘quvchilarining 5-, 6-, 7-, 8-, 9- va 10-sinflari o‘rtasida o‘tkaziladi. Olimpiada onlayn shaklda  geografiyaurduolimp.wordpress.com  saytida olib boriladi.

Olimpiada onlayn test shaklida bo’lib o’tadi. Test 4 ta turdan iborat (har oyda bir tur o‘tkaziladi) va har bir turdagi test sinovi uchun maksimal 25 balldan belgilangan. Umumiy hisobda test bosqichida o’quvchi maksimal 100 ball (4*25=100 ball) to’plashi mumkin.