Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari


Diqqat, e’lon!


Urganch davlat universiteti talaba-yoshlarini ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug’ullanishga undash va ularning iste’dodlarini namoyon etish maqsadida universitetda tahsil olayotgan iqtidorli va jamoatchilik ishlarida faol bo’lgan talabalari uchun “REKTOR  STIPENDIYASI” tanlovi e'lon qilinadi. 

“Rektor stipendiyasi” uchun talabgorlar dastlabki ko’rib chiqish uchun fakultet kengashiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari kerak:

Passport (ID) nusxasi, obyektivka, sinov daftarchasidan ko‘chirma, fotosurat;
Dekan va ilmiy rahbar tomonidan imzolangan tavsiyanoma;
Ilmiy (ijodiy) ishlar ro’yhati va ularning bosma nusxalari;
Milliy yoki unga tenglashtirilgan xorijiy til bilish sertifikati.

Nizom bu yerda 

Tanlov 3 bosqichda tashkil etilib, 1-bosqich kafedra bosqichida g’oliblikni qo’lga kiritgan nomzodlar fakultet bosqichiga tavsiya qilinadi. 2-bosqich fakultetlarda tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan hujjatlar ko’rib chiqiladi. 3-yakuniy bosqichda maxsus komissiya tomonidan Nizom asosida baholanadi.

Barcha hujjatlar bir nusxada taqdim qilinadi. Tanlovda bakalavriat bosqichining 1-2-3-bosqish talabalari kurs yakuniy natijalari bilan  ishtirok etishi mumkin.  

Hujjatlar 2023-yil 30-oktabr kuniga qadar fakultet ma’sullar tomonidan qabul qilinadi. 

Ma’sullar to’g’risida ma’lumot