Close
  • Call
    Center

  • Class
    schedule

  • Video
    surveillance

  • Virtual
    reception

  • Job
    vacancies



Urganch davlat universiteti tuzilmasidagi “Qatagʻon qurbonlari xotirasi" muzeyi tashkil qilinishi


Urganch davlat universiteti tuzilmasidagi “Qatagʻon qurbonlari xotirasi" muzeyi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-noyabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi va hududlardagi oliy ta'lim muassasalari tuzilmasida Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeylarini tashkil etish chora - tadbirlari toʻgʻrisida”gi 936 - sonli qarori asosida Urganch Davlat universitetida universitet ustavi qayta koʻrib chiqilib, uning tuzilmasiga hududiy “Qatagʻon qurbonlari xotirasi” muzeyi kiritildi. 2018-yil 31-avgust kuni Urganch Davlat Universiteti tuzilmasida Xorazm viloyati hududiy Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyi ochildi. Urganch davlat universiteti tuzilmasidagi “Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyi” Xorazm viloyati Urganch shaxrida 1910-yilda aka-uka savdogarlar Yusufboy va Qosimboy  Salimjonovlar tomonidan bunyod etilgan uyi va savdo idorasi oʻrnida barpo etilgan. Yodgorlik majmui va muzey barpo qilingan joy madaniy meros ob'ektlari sirasiga kiradigan tarixiy yodgorliklardan biridir. Yodgorlik ikki qismdan iborat boʻlib, Salimjonovlar  uyi va savdo idorasidan iborat. Qurilishda rus gʻishtidan foydalanilgan. Deraza va eshiklar yangicha uslubda ishlangan. 1920 yilda, ya'ni sobiq shoʻrolar davrida boylar tashlab ketgan binodan dastlab maktab sifatida foydalanilgan. 1934 yil 15 yanvarda mahalliy hukumatning qarori bilan viloyat markazi Xiva shahridan Urganchga koʻchirilgach, bu erda sobiq viloyat partiya qoʻmitasi ma'muriyati, 1959 yildan keyin turli idora va tashkilotlar faoliyat koʻrsatib kelgan. Aka-uka Salimjonovlar savdo uyi 1992 yili qayta ta'mirlanib, Urganch shahri tarixiy muzeyi tashkil etilgan va 2018-yil 4-yanvargacha faoliyat koʻrsatgan. Muzey binosi 11 ta katta-kichik xonalardan hamda binoga yondosh qilib hovli tomonda qurilgan yozgi ayvondan iborat. Ayvonga oʻrnatilgan milliy oʻyma naqshli oʻralar ham bino fasadi bilan oʻzaro uygʻunlashib, obidaning qimmatini yanada oshiradi. Umumiy maydoni 2000 m2 ga yaqin. ✅Muzey kirish, 4 blok va 8 bo‘limdan iborat.  Hozirda jami 5 300 ta materialning bir qismi muzey ekspozitsiyasidan, ayrimlari muzey fondidan joy egallagan.           

Ulashish: