Close

5 TA TASHABBUS AMALDA VA GURUH TALABALARINING DOIMIY E’TIBORIDA!

Bugungi kunda yoshlar uchun imkoniyatlar kengayib, ularning kelajakda malakali kadr va bilimli inson qilib tarbiyalashga katta e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, oxirgi yillarda yoshlarning talaba bo’lishlari uchun yangidan-yangi zamonaviy va istiqbolli ta’lim yo’nalishlari tashkil etildi. Shunday yo’nalishlardan biri Urganch davlat universitetida tashkil etilgan “Menejment: turizm biznesini boshqarish” va “Menejment: madaniy merosni boshqarish” bakalavriat ta’lim yo’nalishlari bo’lib, ularga 2020-yildan bilimli talabalar qabul qilindi.

Batafsil... 

D.Xudayberganov, UrDU Turizm va iqtisodiyot fakulteti

201-“Menejment: Turizm biznesini boshqarish” guruhi murabbiyi

 

Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimi tubdan takomillashtiriladi

Bugungi kunda Oʼzbekiston xalqi yangi demokratik jamiyat qurmoqda. Uni rivojlantirishda maʼnaviyat muhim eng jihatlardan biri hisoblanadi. Mamlakatimiz oldida turgan ijtimoiy-siyosiy va madaniy-maʼrifiy vazifalarni hal etishda taʼlim, maʼnaviyatni tarbiyalash va rivojlantirish muammolariga alohida eʼtibor berilmoqda

Sanjarbek Davletov, UrDU Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori, tarix fanlari doktori

Batafsil...


O‘ZBЕKISTON TARAQQIYOTINING YANGI BOSQICHIDAMA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLARNING TA’SIRCHANLIG

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar ijtimoiy-siyosiy iqlimga ta’sir o‘tkazib, yosh avlodning hayotda o‘z o‘rnini topishini ta’minlashga, ularda mavjud qobiliyatni to‘la ro‘yobga chiqarishga, jamiyatda fikrlovchi erkin shaxsni shakllantirishga, umumiy va maxsus bilimlar tayyorgarligiga esa ongli, fikrlashi sog‘lom, zamonaviy dunyoqarashga ega, vatanparvarlik, milliy g‘urur, fidoiylik fazilatlarini o‘zida mujassamlashtirgan komil insonlarni tarbiyalashga qaratilgandir.

Sanjarbek Davletov, UrDU Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori, tarix fanlari doktori

Batafsil...


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimiz ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni loyihasi haqida

Bugungi kunda O‘zbekiston o‘z taraqqiyot yo‘lining sifat jihatdan yangi bosqichiga qadam qo‘ydi. Bu yo‘ldagi dadil qadamlar 2016-yildan boshlandi, desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz.

UrDU rektori B.Abdullayevning Xalq deputatlari viloyat kengashi sessiyasidagi ma’ruzasi

Batafsil...


ILM-FAN VA TA’LIM – TARAQQIYOT OMILI

Dunyoda yuksak taraqqiyotga erishgan davlatlar tajribasiga ko‘ra, har bir xalq o‘z oldiga ulug‘ va istiqbol maqsadlarni qo‘yishi hamda uni amalga oshirish salohiyatlari bilan jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallaydi. 

S.Davletov, UrDU Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori, tarix fanlari doktori.

Batafsil...

LOTIN YOZUVIGA O‘TISHDAGI IJTIMOIY MUAMMOLAR YUZASIDAN MULOHAZALAR

Mustaqilligimizga qo‘yilgan ilk qadam sifatida ona tilimiz – o‘zbek tiliga Davlat tili maqomining berilishi ekanligini bot-bot takrorlaymiz. Milliy iftixorimiz, g‘ururimiz, o‘zligimiz va o‘ziga bekligimizning yorqin ifodasi bo‘lgan davlat tilimiz o‘z maqomiga erishguniga qadar birmuncha tazyiq-u tahqirliklarga ro‘baro‘ kelgan.

Aqmanova Shahnoza Alimboyevna, Urganch davlat universiyeti  O‘zbek tilshunosligi kafedrasi o‘qituvchisi

Batafsil...


Широкие возможности и льготы для молодежи

B.Abdullaev, UrDU rektori, f.-m.f.d, xalq deputatlari Xoram viloyati Kengashi deputati  

Batafsil...


Yoshlar uchun keng imkoniyatlar va imtiyozlar

Yurtimizda yoshlarning chuqur bilim egallashi, kasb-hunar o'rganishi, o'zlari tanlagan mutaxassisliklari bo'yicha oliy ta'lim muassalarida tahsil olishi, iqtidorlarini keng namoyon qilishi uchun barcha shart-sharoitlar qilingan.

B.Abdullaev, UrDU rektori, f.-m.f.d, xalq deputatlari Xoram viloyati Kengashi deputati  

Batafsil...


Muhim tarixiy hujjat

Joriy yilda mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqiyotining, barcha sohasida amalga oshirilayotgan islohatning asosiy yo'nalishlari hamda oldimizda turgan galdagi ustuvor vazifalar belgilab berildi.

B.Abdullaev, UrDU rektori, f.-m.f.d, xalq deputatlari Xoram viloyati Kengashi deputati  

Batafsil...


Urganch davlat universiteti rektori Bahrom Ismoilovich Abdullaevning universitet professor-o‘qituvchilari, ishchi-xodimlari va talabalariga murojati

Qadrli yoshlar hamda hurmatli hamkasblar! 

Bugun butun dunyoni larzaga solayotgan COVID-19 – koronavirus nomli pandemiya bizning yurtimizga ham kirib kelgani barchamizni yana bir bor e’tiborli, ogoh bo‘lishga chorlamoqda. Bu holat yuzasidan mamlakatimizda karantin e’lon qilingan. Unga muvofiq uyda qolishimiz, zarurat bo‘lmaganida uydan ko‘chaga chiqmaslik, gigiena qoidalariga qat’iy amal qilishimiz zarur bo‘lmoqda. Karantin talablarini so‘zsiz bajarishimiz esa bizning buchimizdir! 

B.Abdullaev, UrDU rektori, f.-m.f.d.

Batafsil...


«Саховат ва кўмак» - инсонпарварлик намунаси

Халқимиз табиатан саховатпеша, бағрикенг, ҳожатбарор халқ. Буни маҳалла шароитида қўни-қўшнилар мисолида  кўриш мумкин. Азал-азалдан ўзбек халқи оилавий байрамлари ва тадбирларини қўни-қўшни, қавми-қариндошлари иштироки билан  ўтказиб келган. Уларнинг касаллигида ва яхши-ёмон кунларида йўқлаб турган. Уйларида тансиқ таом пишган куни албатта ундан олиб маҳалладаги кекса отахон-онахонларнинг ҳолидан хабар олишган. Хоразм географик жойлашувига кўра иккита катта қумлик – Қизилқум ва Қорақум чўллари оралиғида яшил орол сингари жойлашган бўлиб, бу қадимий ва анъанавий урф-одат, маросимларнинг бугунгача яшаб келишига ёрдам берган.

Нуруллаева Шоира Қўшназаровна УрДУ Тарих кафедраси доценти

Batafsil...


Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili: Oliy ta'limni rivojlantirish istiqbollari

S.Davletov. Oliy ta'limni rivojlantirish istiqbollari. Xorazm haqiqati. 2020 yil 11 mart

Batafsil...


2018 yilda Urganch davlat universitetida o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash sohasida amalga oshirilayotgan ishlar

Bugungi kunda ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlari faoliyatini tubdan takomillashtirishga muhim e’tibor qaratilayotganini sohada amalga oshirilayotgan jadal islohotlar ham tasdiqlab turibdi. 

Urganch davlat universitetida xozirda 9 ta fakultet 32 ta kafedra mavjud bo‘lib, jami talabalar soni 9246 nafarni tashkil qiladi (bakalavriatda – 8347 nafar, magistraturada - 85 nafar, maxsus sirtqi bo‘limda – 723 nafar, sirtqi bo‘limda – 91 nafar) va ularga jami 713 nafar professor o‘qituvchilarimizdan 17 nafar fan doktor va professorlar, 150 dan ortiq fan nomzod va dotsentlar ta’lim bermoqda. 

B.Abdullaev, UrDU rektori, f.-m.f.d.

Batafsil...


O'zbekiston Respublikasining "Davlat tili haqida" gi qonuni qabul qilinganligining o'ttiz yilliga bag'ishlangan. " Til millatning ruhi " mavzusida maqola...

S.R.Davletov, Dilshod G'aipov.

Batafsil...

BESH IJOBIY TASHABBUS – YOSHLAR UCHUN MUHIM IMKONIYAT

S.R.Davletov, UrDU yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori, t.f.d.

 Hozirgi davrda O‘zbekiston o‘z taraqqiyotining yangi bosqichiga dadil qadam qo‘ymoqda. Mamlakatimizni modernizatsiya qilish, inson huquq va erkinliklarini, qonun ustuvorligini ta’minlash asosida O‘zbekistonning yangi, demokratik qiyofasi yaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma sakkiz yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” degan ezgu g‘oyaning bugungi taraqqiyot davrining ustuvor shiori ekanini alohida ta’kidladi.

Batafsil...


Harakatlar strategiyasi – farovon kelajak kafolati

 S.Davletov, UrDU Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori, t.f.d.

Bugun O‘zbekiston o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lida yangi bosqichga qadam qo‘ymoqda. Mamlakatimizda fuqarolarga o‘z iqtidorini ko‘rsata olish va orzularini ro‘yobga chiqarish imkon beradigan tizim shakllandi. Amaliyotga tatbiq etilgan qonun ustuvorligi tamoyili fuqarolarning huquqiy ongini yuksaltirish, tashabbuskorlik va tadbirkorlik xususiyatlarini jonlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma sakkiz yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida Istiqlolning 28 yilligini bayramida “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” degan ezgu g‘oyaning bugungi taraqqiyot davrining ustivor shiori ekanini alohida ta’kidladi.
Batafsil...


Yoshlar tashabbusi jamiyat taraqqiyoti yo’lida

Bugungi sinovli kunlarda koʻmakka muhtoj, kam taʼminlangan oilalarga yordam koʻrsatishni oʻz insoniylik burchi ekanligini his qilib, savobli ishlarni davom ettirayotgan hamyurtlarimiz safi kengaymoqda. Shunday hamyurtlarimizdan hisoblangan bir guruh shijoatli yoshlarimizning xayriya ishlarida faol bo’lib, kam ta’minlangan oilaga yaqindan ko’rsatgan yordamini e’tirof etishimiz joizdir....

Madinabonu Urinova Urganch davlat universiteti Xoriji filologiya fakulteti 3-kurs xorijiy til va adabiyoti yo'nalishi talabasi

Batafsil...