Close
  • Call
    Center

  • Class
    schedule

  • Video
    surveillance

  • Virtual
    reception

  • Reserve
    candidate

  • Green
    University


2025-yil 14-fevral kuni davlatimiz rahbari mamlakatimiz yoshlari bilan muloqoti chog‘ida yoshlar tadbirkorligida mutlaqo yangi davrni boshlab beradigan uchta muhim qaror qabul qilganini ta’kidlab, jumladan, ta’lim muassasalarini bitirayotgan yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha yangi tizim yaratilishini ma’lum qilgan edilar.

Ushbu qarorlar ijrosini ta’minlash maqsadida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida "Kelajakka qadam" markazi ochildi. "Kelajakka qadam" markazi bitiruvchi-yoshlarning kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, ularni zamonaviy mehnat bozori talablariga mos malaka va ko‘nikmalar bilan ta'minlash, shuningdek, amaliy tajriba orttirish, stajirovka, talabalar amaliyot o‘tash, kelgusida o‘z kasbiy faoliyatini boshlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish va ish bilan ta'minlashga qaratilgan.

Bitiruvchi talabalarining "Start up" loyihalari Urganch davlat universitetidagi “Kelajakka qadam” markazi orqali qo‘llab-quvvatlanadi.
"Kelajakka qadam" dasturining rasmiy ijtimoiy tarmoqlari sahifalariga quyidagi QR-kod orqali o‘tish mumkin