Close
  • Колл-центр

  • Расписание
    занятий

  • Экзаменационное
    видеонаблюдение

  • Виртуальная
    приемная

  • Заявку на вакансию



Urganch davlat universitetida “Yoshlar va saylov” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi


Mamlakatimiz muhim siyosiy voqelik ostonasida turar ekan, bo‘lajak saylov jarayonlari, uning tashkiliy huquqiy asoslari, ahamiyati haqida  jamiyatga, ayniqsa, yoshlarimizga zarur ma'lumotlar to'laqonli yetkazilishi muhim ahamiyatga ega.
Ushbu maqsadda 2021-yilning 19-oktabr kuni Urganch davlat universitetida "Yoshlar va saylov" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.  Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi  Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolari tadbir mehmoni bo‘ldilar. 
Tadbirni UrDU Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Sanjar Davletov bo‘lajak saylov jarayoniga oid ma'lumotlar asosidagi kirish so‘zi  bilan ochib berdi. 
Mazkur davra suhbatida saylov nima, yaqinlashib kelayotgan saylov jarayonlarining hayotimizdagi o‘rni, prezident saylovining ahamiyati, oʻziga xos jihatlari, Saylov kodeksi va saylov qonunchiligiga kiritilgan oʻzgartish hamda qoʻshimchalarning mazmun-mohiyati haqida mehmonlarimizning ma'ruzalari tinglandi.
Tadbir so'nggida talabalar savol-javoblarda faol ishtirok etdilar. Ushbu tadbir talaba-yoshlar uchun foydali bo'ldi deb ayta olamiz.

urdu.uz, Urganch davlat universitetida  “Yoshlar va saylov” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

urdu.uz, Urganch davlat universitetida  “Yoshlar va saylov” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

urdu.uz, Urganch davlat universitetida  “Yoshlar va saylov” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

urdu.uz, Urganch davlat universitetida  “Yoshlar va saylov” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Ulashish: