Close
  • Колл-центр

  • Расписание
    занятий

  • Экзаменационное
    видеонаблюдение

  • Виртуальная
    приемная

  • Заявку на вакансию

Urganch davlat universitetida “Xalqiga baxshida umr” mavzusida xotira kechasi oʻtkazildi

Shakarjon Xo'janiyozova... Bu ismni tilga olganimizda g'ayratli, shijoatli, bir so'zli, el-yurt dardini oilasidan, o'zining sog'lig'idan ustun qo'ya olgan sabrli opaning nurli, sinchkov yuzlari ko'z oldingizda gavdalanadi. Chunki, tinib-tinchimaydigan bu ayolning hayot va faoliyati o'rnak bo'lishga arzirli. Shakarjon Xo'janiyozovaning butun rahbarlik faoliyati, ertani aniq ko'ra bilishi, murakkab paytlarda ham eng to'g'ri yo'lni tanlay bilishi, manzil sari og'ishmay sabr-toqat, matonat bilan harakat qilishdek harakatlari uning Bog'ot tumani hokimi bo'lib ishlagan 1992-2000-yillarda ayniqsa namoyon bo'ldi.

Bugun, 29-iyun kuni Urganch davlat universitetida oʻtkazilgan xotira kechasi  «Mehnat shuhrati» va “Fidokorona xizmatlari uchun” ordenlari, «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi» faxriy unvonlari sohibasi Shakarjon Xo'janiyozovaning porloq xotirasiga bagʻishlandi. 

Xotira kechasida  Xorazm viloyat hokimligi vakillari, Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari, Oila  va xotin-qizlar qoʻmitasi viloyat boʻlimi aʼzolari,  marhumaning oila a'zolari,  ustoz-u maslakdoshlari,  kasbdosh do'stlari, shogirdlari,  Urganch davlat universiteti professor-oʻqituvchilari hamda talaba-yoshlari qatnashdilar.

UrDU Xotin-qizlar Maslahat kengashi raisi Sh.Nurullayeva moderatorligida boʻlib oʻtgan xotira kechasini UrDU rektori Baxrom Abdullayev kirish soʻzi bilan ochib berib, Shakarjon Xo'janiyozovadagi chin oʻzbek ayoliga xos sifatlar, fazilatlar, uning rahbarlik salohiyati haqida soʻz yuritib, oʻz xotiralarini bayon etdi. 

Tadbirda Senatning Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisi Bahodir Tajiyev,  Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari Xayrullo G‘afforovlar ishtirok etib, bu kabi el-yurt ravnaqi yoʻlida fidoyilik bilan xizmat qilgan ulugʻ insonlarni xotirlash, ularning ezgu amallarni eslash, yosh avlodga yetkazish eng xayrli ishlardan biri ekanligini taʼkidlab, Shakarjon Xo'janiyozova haqidagi xotiralarini esga oldilar.

Xotira kechasida  soʻzga chiqqanlar, shu jumladan,  “Oʻzbekiston Qahramoni” A.Mahmudova, Xorazm viloyati hokimi oʻrinbosari B.Saidov, marhumaning ustozi M.Xudayberganov, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyati boʻlimi rahbari G.Ibodullayeva, “Xorazm haqiqati” gazetasi bosh muharriri S.Rahimberganova, UrDU faxriy professori S.Masharipova singari  Shakarjon Xo'janiyozovaning yaqinlari, kasbdosh doʻstlari uning mohir notiq, dunyoviy va diniy ilmlarni mukammal egallagan rahbar, or-nomusli oʻzbek ayoli ekanligi, Xorazm diyorini chin dildan sevguvchi yurtparvar, qayerda, qaysi lavozimda ishlamasin oddiy va kamtarin, xushmuomala va ziyoli inson boʻlganligini eʼtirof etib,  uning ezgu amallari, xayrli ishlari, esda qolarli voqealarni  xotirladilar.

Hayoti va ish faoliyatiga oid videolavhalar, ayniqsa, marhumaning hayotlik chogʻidagi intervyularining namoyish etilishi barcha yigʻilganlarning qalblarini toʻlqintiribgina qolmay, Shakarjon Xo'janiyozovadek insonning zamondoshi, eldoshi, kasbdoshi boʻlganliklaridan faxr tuygʻusini yana bir bora his qilishlariga turtki boʻldi.

Xotira kechasi yakunida UrDU Sanʼatshunoslik fakulteti talabalarining badiiy chiqishlari namoyish etildi.

Ajoyib inson, yurt ravnaqi va turmush farovonligi uchun tolmas kurashchi  Shakarjon Xo'janiyozovaning porloq xotirasi qalblarimizda mangu yashaydi.

urdu.uz, Urganch davlat universitetida “Xalqiga baxshida umr” mavzusida xotira kechasi oʻtkazildi

Ulashish: