Close
  • Колл-центр

  • Расписание
    занятий

  • Экзаменационное
    видеонаблюдение

  • Виртуальная
    приемная

  • Заявку на вакансию



SENATOR VA YOSHLAR UCHRASHUVI


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847-son farmonining 3-bob 5-bandida koʻzda tutilgan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash jarayoniga kadrlar buyurtmachilarini faol jalb etish maqsadida Urganch davlat universiteti Marketing va talabalar amaliyoti boʻlimi hamda Texnika fakulteti tashabbusi bilan bugun universitet Madaniyat saroyida bir guruh senatorlar,  viloyatning yirik ish beruvchi tashkilotlari va korxona rahbarlari hamda universitet rahbariyati bilan Kimyoviy texnologiyalar hamda Tabiiy va qishloq xoʻjaligi fanlari fakultetlarining bitiruvchi talabalari ishtirokida "Senator va yoshlar" uchrashuvi tashkil etildi. Uchrashuvni universitet rektori B.Abdullayev ochib berib, uchrashuvdan koʻzlagan asosiy maqsad borasida soʻz yuritdi. 

Tadbirda Oliy Majlis Senatining Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi raisi, senator B.Tajiyev, "Tilla domor" xususiy korxonasi asoschisi, senator U.Sharipov, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo’jaligi vazirligi “O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyihalash institute Xorazm viloyat bo‘linmasi direktori R. Abdirimov va boshqa qatnashchilar soʻzga chiqib, oʻz mehnat faoliyatlari haqida gapirdilar, talabalarga tanlagan sohasining yetuk mutaxassisi boʻlishlarida tavsiyalar berdilar. Hayotiy tajribalari bilan oʻrtoqlashib, jonli muloqot qildilar. Barcha sohalarda davlatimiz tomonidan yaratilgan sharoitlarga toʻxtaldilar. Soʻnggi yillardagi Xorazm viloyatida amalga oshirilgan oʻzgarishlarga alohida urgʻu berdilar. Yoshlar uchun imtiyozlar borasida atroflicha soʻz yuritdilar. 

Yoshlarni yurtimizning har javhasida amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik tuyg’usini shakllantirish va ijtimoiy faolligini oshirish, davlatimiz tomonidan yoshlarga yaratib berilgan imkoniyatlar, shart-sharoitlarni keng targ’ib etish, ularda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish, ilm-fan sohalarida yutuqlarni qo‘lga kiritayotgan faol yoshlarni har tomonlama qoʼllab-quvvatlash, yoshlarning dunyoqarashi va fikrlash doirasini yanada kengaytirish, ularning ma’naviy barkamol shaxs va yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishlarida ko‘maklashish maqsadida tashkil etilgan mazkur uchrashuvda bitiruvchi talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar, takliflari bilan faol ishtirok etdilar.

 

Ulashish: