Close


Rektorning fakultetlar jamoasi bilan uchrashuvlari davom etmoqda


Bugun Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madraximovaning navbatdagi uchrashuvi Sport faoliyati, pedagogika va psixologiya fakultetining jamoasi bilan bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda fakultet dekani, professor O’ktam Matnazarov boshchiligida professor-o’qituvchilar, tyutorlar va xodimlar jamoasi ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida fakultetning mavjud moddiy-texnik bazasi sifatini yaxshilash, sport yo‘nalishlarini rivojlantirish, talabalarni O‘zbekiston va jahon chempionatlariga hamda 2028-yilda bo’lib o’tadigan Olimpiya va Paralimpiya o'yinlariga tizimli tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Bugungi kunda fakultetda sportning turli yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoalari safida faoliyat yuritayotgan talabalar tahsil olmoqda. Rektor tomonidan ushbu talabalarga yanada keng imkoniyatlar yaratish bo’yicha vazifalar belgilandi.

Shuningdek, kafedralar kesimida ilmiy salohiyat holati atroflicha tahlil qilinib, professor-o‘qituvchilarning ilmiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama markazida bo‘ldi. Rektor tomonidan dissertatsiya ishlarini tayyorlash va muvaffaqiyatli himoya qilish uchun zarur shart-sharoitlarni yanada yaxshilash ustuvor vazifa sifatida belgilandi.

Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda professor-o‘qituvchilarning taklif va tashabbuslari, mavjud muammolar atroflicha muhokama qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Поделиться