Close


Rektor Urganch davlat universitetining ma’naviy-ma’rifiy faoliyati yuzasidan kengaytirilgan tahliliy yigʻilish oʻtkazdi


Bugun Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madraximova universitetning ma’naviy va ma’rifiy masalalari bo‘yicha barcha mutasaddilari ishtirokida kengaytirilgan tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazdi. 

Yig‘ilishda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchilari, tyutorlar, psixologlar, profilaktika inspektorlari hamda tarbiyachilar faoliyati atroflicha tahlil qilinib, ularning ish samaradorligi birma-bir ko‘rib chiqildi.

Talabalar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi. Xususan, to‘garaklar faoliyatini tizimli yo‘lga qo‘yish, talabalar turar joylarida mavjud sharoitlardan oqilona foydalanish, ijarada yashovchi talabalar holatini doimiy nazoratda ushlash, ularning yashash sharoitlari va xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarlik hamda jinoyatchilikning oldini olish borasida aniq ko’rsatmalar berildi. Fakultetlarda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash, ustoz-shogird an’analarini rivojlantirish masalalari alohida e’tibor markazida bo‘ldi. Korrupsiya holatlarining oldini olish masalalari chuqur tahlil qilindi.

Yig‘ilish davomida “Odob-axloq komissiyasi” faoliyatining ta’sirchanligini oshirish, psixologlar ishini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha muhim ko‘rsatmalar berildi. Bundan tashqari, Yoshlar ittifoqi yetakchisi,  talabalar turar joylari xodimlarning faoliyati, shuningdek, TTJ nizomini takomillashtirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish yakunida barcha ishtirokchilarning taklif va mulohazalari tinglanib, universitetda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.


 

Поделиться