Close
  • Колл-центр

  • Расписание
    занятий

  • Экзаменационное
    видеонаблюдение

  • Виртуальная
    приемная

  • Заявку на вакансию



#UYDA QOL –# BILIM OL!


Bugungi   kunda   butun  insoniyat  hayotiga xavf solayotgan COVID-19 (koronavirus)    dunyo      bo’ylab     minglab      insonlar    naqadar      jonli      va     gavjum    bo’lgan,   san’at     asarlari     makoni    hisoblangan    Italiya,      rivojlanish    va    texnika     vatani       bo’lmish     Xitoy   va     Koreya,    millionlab    odamlar   borishni  orzu    qiladigan    afsonaviy      New Yorkning   to’lib- toshgan       ko’chalarini       ham      bir        kunda       jimjit       va      sokin,   faqat       derazadan       boqqan        dardli        nigohlar      va    iltijolarga    mahkum         qilib  qo’ydi.  Bunday         tahlikali    va     qiyin          vaziyatda         chet        ellik         talabalar        uchun     qo’lidan        kelgancha     harakat         qilib,           kerakli    oziq-ovqat         mahsulotlari     bilan       ta’minlashni          shu       bilan      bir        qatorda,        ularning        sog’ligidan       doimo        xabardor        bo’lish         uchun      hamshira       va           shifokorlar      ta’yinlangani,           talabalarning         bo’sh       vaqtlarini          mazmunli      tashkil     etish      maqsadida           talabalar        turar         joylarida        yuqori      tezlikdagi            internet             shuningdek,    jahon        adabiyotining        eng  nodir            namunalaridan        iborat          bo’lgan           kutubxona     imkoniyatlari       ularga     qayg’uruvchi   insonlar      ekanligi       buning          yaqqol     namunasi       desak              yanglishmaymiz.  Shu jumladan, Urganch Davlat Universiteti ham ushbu o’gir vaziyatda xorijiy talabalarga katta e’tibor qaratgan holda, bir qator tahsinga loyiq ishlarni amalga oshirdi.

    Hozirgi kunda Urganch Davlat Universitetida umumiy talabalar soni 17000 dan ortiq va shulardan 1200 nafardan ziyodi turkmanistonlik talabalar hisoblanadi. Joriy yilning 16-mart kunida COVID-19 virusiga qarshi kurashish va uni oldini olish uchun mamlakatda e’lon qilingan karantin sababli chegaralar yopib qo’yildi va xorijiy talabalar universitet talabalar turar joyida qolishiga to’g’ri keldi. Shunday qiyin vaziyatda rektorimiz Abdullayev Bahrom Ismoilovichga yana bir bora o’z  minnatdorchiligimizni bildiramiz. Shu qatorda, universitet prorektorlari: Xodjaniyozov Sardor, Davletov Sanjar, O’razboyev G’ayrat hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’limi boshlig’i Allaberganov Sherali  va xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i  Yuldashev   Elyor talabalar turar-joyidagi talabalar     ahvolidan   xabar   olib  qo‘llaridan kelganicha   yordam   beryaptilar.

         Universitet     xodimlari     shunday     og‘ir     kunlarda      bizni    yolg‘izlatib     qo‘yishmadi.     Fakultetimiz      dekani    Yarmetov     Jumanazar    Ruzimovich ,  o‘quv    ishlari     bo‘yicha    dekan  muovini  Kutlimuratov   Dilmurat , yoshlar   bilan    ishlash      bo‘yicha   muovin  Siddiqov  Xasan      Taxirovich  , Xotin-qizlar     qo‘mitasi      raisi      Atajnova   Anorgul,    Ollaberganova    Sanobar ,     o‘qituvchilarimizdan   Karimova  Qunduzlar      bizdan     xabar olish   uchun   tez-tez  "Talabalar turar-joyi" ga      kelib      turishibdi.  "Talabalar      turar-joyi"   direktori      Yusupov  Zokir , kamendantimiz     Qo‘ziyev   Rahmatjon,     tarbiyachimiz   Yunusova   Nigoralar     ham     bizdan   o‘z     yordamlarini  ayamaydilar.   Universitet   hisobidan   talabalar   uchun   go‘sht, makaron,   sabzi,  yog‘,  shakar,  kartoshka,  guruch, piyoz  kabi      mahsulotlar    berildi.

              Bundan tashqari, shu       yilning    20-mart       sanasida         Oliy      va    o’rta-maxsus         ta’lim      vaziri      Inomjon      Majidov     hamda     Turkmanistonning     O’zbekistondagi      elchixonasi    vakillari  ham      Urganch      Davlat       Universitetida       chet      ellik      talabalarga       yaratilayotgan        sharoit        va    imkoniyatlar                bilan         tanishib        chiqdi         va       ular     bilan    suhbat      qurishdi.

Men shu     yerdagi      barcha     o’qituvchi      va     murabbiylarga ,      yotoqxona  xodimlariga va mutasaddi shaxslarga o’z minnatdorchiligimni        bildirmoqchiman.  Chunki      garchi     uydan   uzoqda    bo’lsak-da,  bizga      xuddi         uydagidek       barcha         sharoitlarni        yaratib     berishdi:   ko’chma   do’konlar,  dorixona,    plastiklar uchun     bankomatlar       va   kutubxona.    Har     kuni    shaxsan   rektor      hamda     prorektorlarimiz       kelib     xabar      olishadi      va    tushuntirish        ishalarini         olib          borishadi.     Umid    qilamanki,   biz     buni     tez         orada        yengib   o’tamiz. Bu maqolani  yozishimdan  maqsad   bizga g‘amxo‘rlik  qilayotganlarga    minnatdorchilik bildirish hamda   barchani  sabrli  bo‘lishga   undashdir. 

        Xulosa     o’rnida      shuni       aytishimiz       mumkinki,  har      bir      baloga      eng     yaxshi       da’vo     bu-       birdamlikdir.    Qo’lni-qo’lga    bergan odam            ham            cho’kayotgan         kemadan              qutulib          qola  olgan.  “Vahimaning    o’zi   yarim   kasallikdir,    xotirjamlik-    yarim      sog’likdir,       sabr     esa    shifoning     boshlanishidir”  -  degan     ekanlar   buyuk    tabib       Abu   Ibn   Sino.     Shu    o’rinda    ,  “  Agar    Bizning   xalqimiz      birdam    bo’lsa,  yakdil    bo’lsa,     bu      ofatdan       tez        orada       qutulib       ketamiz”   -  deydilar  ishonch     bilan        muhtaram       prezidentimiz     Sh.M.Mirziyoyev.  Keling,   eng   kichik     ko’rsatmalarga   ham    amal qilaylik   va     uyda   qolib     dunyoni    qutqaraylik!

 

 Urganch  Davlat  Universiteti  Pedagogika   fakulteti " Boshlang‘ich  ta‘lim va   sport tarbiyaviy ishi" yo‘nalishi 2- bosqich  186-guruh xorijiy talabasi  Ernazarova Laylo          

Ulashish: