Close
  • Колл-центр

  • Расписание
    занятий

  • Экзаменационное
    видеонаблюдение

  • Виртуальная
    приемная

  • Заявку на вакансию



Xorazmning ikki buyuk shoiri


Qadim vaqtlardan boshlab Xorazm shoirlar, ijodkorlar vatani bo‘lib kelgan. Hozirgi adabiy jarayonda faol ishtirok etib, o‘zidan ezgu nom va bezavol ijodiy meros qoldirgan, oʻzbek adabiyoti rivojiga sezilarli hissa qoʻshgan ko`hna Xorazm elining ikki zabardast shoiri Matnazar Abdulhakim va Omon Matjon ijodi barcha adabiyot ixlosmandlari qalbidan chuqur joy egallab ulgurgan.

Bugun, 19-fevral kuni Urganch davlat universiteti Madaniyat saroyida "Xorazmning ikki buyuk shoiri" mavzusida Omon Matjon va Matnazar Abdulhakim ijodiga bag'ishlashgan adabiy-badiiy kecha bo'lib o'tdi.

Unda Filologiya fakultetining  ilg`or, iste`dodli talabalari, adabiyot shinavandalari, universitet professor-o`qituvchilari faol ishtirok etishdi. Tadbirni Urganch davlat universiteti rektori  B.Abdullayev ochib berdi.

Tadbir davomida talabalar tomonidan shoirlar ijodiga mansub she`r va qo`shiqlar ijro etildi, sahna ko`rinishlari namoyish qilinib, yig`ilganlarga bayramona kayfiyat ulashdi. Tadbirda so`zga chiqqanlar ikki buyuk shoirning hayoti va ijodi, adabiy merosi haqida, shuningdek, insoniy fazilatlari, nihoyatda nozik fikrlaydigan, toʻgʻri soʻz, halol va bag`ri keng inson bo`lganliklari  e`tirof etildi.

Adabiy-badiiy kecha juda ko`tarinki ruhda, jo`shqin kayfiyatda bo`lib o`tdi.

Ulashish: