Qadim vaqtlardan boshlab Xorazm shoirlar, ijodkorlar vatani bo‘lib kelgan. Hozirgi adabiy jarayonda faol ishtirok etib, o‘zidan ezgu nom va bezavol ijodiy meros qoldirgan, oʻzbek adabiyoti rivojiga sezilarli hissa qoʻshgan ko`hna Xorazm elining ikki zabardast shoiri Matnazar Abdulhakim va Omon Matjon ijodi barcha adabiyot ixlosmandlari qalbidan chuqur joy egallab ulgurgan.
Bugun, 19-fevral kuni Urganch davlat universiteti Madaniyat saroyida "Xorazmning ikki buyuk shoiri" mavzusida Omon Matjon va Matnazar Abdulhakim ijodiga bag'ishlashgan adabiy-badiiy kecha bo'lib o'tdi.
Unda Filologiya fakultetining ilg`or, iste`dodli talabalari, adabiyot shinavandalari, universitet professor-o`qituvchilari faol ishtirok etishdi. Tadbirni Urganch davlat universiteti rektori B.Abdullayev ochib berdi.

Tadbir davomida talabalar tomonidan shoirlar ijodiga mansub she`r va qo`shiqlar ijro etildi, sahna ko`rinishlari namoyish qilinib, yig`ilganlarga bayramona kayfiyat ulashdi. Tadbirda so`zga chiqqanlar ikki buyuk shoirning hayoti va ijodi, adabiy merosi haqida, shuningdek, insoniy fazilatlari, nihoyatda nozik fikrlaydigan, toʻgʻri soʻz, halol va bag`ri keng inson bo`lganliklari e`tirof etildi.

Adabiy-badiiy kecha juda ko`tarinki ruhda, jo`shqin kayfiyatda bo`lib o`tdi.