Close
  • Колл-центр

  • Расписание
    занятий

  • Экзаменационное
    видеонаблюдение

  • Виртуальная
    приемная

  • Заявку на вакансию



KURASH SPORT TURI BO‘YICHA “REKTOR KUBOGI” UNIVERSITET BIRINCHILIGI SPORT MUSOBAQASI O`TKAZILDI


O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining “Kurash  milliy  sport  turini rivojlantirish  va  uning xalqaro nifuzini  yanada  oshirish  chora  tadbirlari to‘g‘risida”  2020-yil  4-noyabrdagi PQ- 4881-son  qaroriga  muvofiq,  oliy  ta’lim  muassasalari  talabalari  o‘rtasida kurash  sport turini  yanada  ommalashtirish  ustuvor  masala  qilib  belgilandi.

Shu  munosabat  bilan,  ushbu  nufuzli  musobaqaga universitet  terma  jamoasini  saralab  olish  va  universitet  talabalari o‘rtasida kurash  sport  turini yanada  ommalashtirish  hamda bo‘sh  vaqtlarini mazmunli  tashkil  etish maqsadida 2021- yil 19 -fevral  kuni  Kurash  sport  turi  bo‘yicha  “Rektor  kubogi”  musobaqasi o‘tkazildi.

Musobaqaning  tantanali  ochilishida   Urganch davlat  universiteti  Yoshlar  bilan  ishlash  bo‘yicha  prorektori  S.Davletov  so‘zga  chiqib,  kurashchilarni “Rektor kubogi”   kurash  musobaqasining  boshlanishi  bilan  samimiy  tabrikladi  va  kurashchilarga  omadlar tiladi. Shuningdek, musobaqa  bosh  hakami X. Meyliyev  ham  so‘zga  chiqib,  musobaqa o‘tkazish  tartib-qoidalari bilan  tanishtirdi.

Musobaqada Universitetning Jismoniy  madaniyat, Turizm va iqtisodiyot,  Fizika-matematika,  Texnika  va  Pedagogika fakultetlaridan  70  nafardan  ortiq kurashchilar ishtirok  etdilar. Musobaqa o‘g‘il  bolalar  bo‘yicha  7  vazn  toifasida,  qiz  bolalar  bo‘yicha 7  vazn  bo‘yicha XKA sining  xalqaro  qoidalari asosida  o‘tkazildi. 

Musobaqa  g‘olib va  sovrindorlarini  Urganch  davlat  universiteti rektori B.Abdullayev diplom va qimmatbaho  sovg‘alar  bilan taqdirladi.

Ulashish: