O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nifuzini yanada oshirish chora tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 4-noyabrdagi PQ- 4881-son qaroriga muvofiq, oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida kurash sport turini yanada ommalashtirish ustuvor masala qilib belgilandi.
Shu munosabat bilan, ushbu nufuzli musobaqaga universitet terma jamoasini saralab olish va universitet talabalari o‘rtasida kurash sport turini yanada ommalashtirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida 2021- yil 19 -fevral kuni Kurash sport turi bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqasi o‘tkazildi.
Musobaqaning tantanali ochilishida Urganch davlat universiteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori S.Davletov so‘zga chiqib, kurashchilarni “Rektor kubogi” kurash musobaqasining boshlanishi bilan samimiy tabrikladi va kurashchilarga omadlar tiladi. Shuningdek, musobaqa bosh hakami X. Meyliyev ham so‘zga chiqib, musobaqa o‘tkazish tartib-qoidalari bilan tanishtirdi.
Musobaqada Universitetning Jismoniy madaniyat, Turizm va iqtisodiyot, Fizika-matematika, Texnika va Pedagogika fakultetlaridan 70 nafardan ortiq kurashchilar ishtirok etdilar. Musobaqa o‘g‘il bolalar bo‘yicha 7 vazn toifasida, qiz bolalar bo‘yicha 7 vazn bo‘yicha XKA sining xalqaro qoidalari asosida o‘tkazildi.
Musobaqa g‘olib va sovrindorlarini Urganch davlat universiteti rektori B.Abdullayev diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirladi.