Close
  • Колл-центр

  • Расписание
    занятий

  • Экзаменационное
    видеонаблюдение

  • Виртуальная
    приемная

  • Заявку на вакансию



Loyiha sarhisobi

Olimjon Saidmamatov va Dr.Umidjon Matyakubov Purdue universiteti (AQSH) professori Jonathon Day bilan birgalikda UNiCEN dasturi doirasida “Developing MOOC on Ecotourism of Uzbekistan”  loyihasini amalga oshirdi va loyiha jamoasi 2021-yilda quyidagi natijalarga erishdi:

1. Akademik natijalar. Loyiha maqsadlariga koʻra, asosiy maqsad - Oʻzbekiston turizm sohasida birinchi onlayn ochiq oʻquv materiali - MOOC (Massive Online Open Course) yaratishdan iborat. Yaratilgan MOOC EdX platformasiga muvaffaqiyatli yuklandi va Jahon bankining CAWEP loyihasi yordamida EdX platformasiga kiritilindi. Endilikda MOOC dan o`rganuvchilar foydalanishi mumkin: https://edx.cakn.online/courses/course-v1:ursu+uz-ecoturism+2021C2/about

2. Ilmiy natijalar. 2021-yil davomida, prof.Jonathon Day rahbarligida jamoa yetakchi ilmiy jurnallarda uchta maqola chop qilishga muvaffaq bo'ldi.

  1. O.Saidmamatov, U.Matyakubov, E.Khodjaniyazov, J.Day, P.Marty, J.Zhao (2022). The impact of Central Asian tourists’ risk perception on their travel intentions during the COVID-19. Turyzm/Tourism 31(2), 133-154. https://doi.org/10.18778/0867-5856.31.2.08  
  2. O.Saidmamatov, U.Matyakubov, J.Day, P.Marty, E.Khodjaniyazov, E.Ibadullaev, D.Bekjanov, M.Matniyozov, B.Matyusupov. (2021). "Impact of COVID-19 on the Tourism Industry of Uzbekistan and State Support during the Pandemic", Chen, J.S. (Ed.) Advances in Hospitality and Leisure ,Vol. 17, Emerald Publishing Limited, Bingley, 163-174. https://doi.org/10.1108/S1745-354220210000017009
  3. O.Saidmamatov, U.Matyakubov, E.Khodjaniyazov, J.Day, E.Ibadullaev, S.Chuponov, D.Bekjanov, M.Matniyozov, B.Matyusupov (2021). TOWS analysis for sustainable ecotourism development and state support during the pandemic: The Aral Sea region of Uzbekistan. Turyzm/Tourism31(1), 47-56. https://doi.org/10.18778/0867-5856.31.1.16

 3. Amaliy natijalar. Loyiha jamoasi 2021-yil avgust oyida 17 ta ekoturizm manzillariga ekskursiya o‘tkazdi va ekoturizm yo‘nalishlari bo‘yicha video materiallarni yozib oldi. Ushbu video qo`llanmalardan endilikda talabalarga ekoturizm fanini o‘rgatishda foydalanish mumkin. Quyida har bir ekoturizm manzilini yaxshiroq tavsiflovchi YouTube havolalari joylashgan. Video materiallar barcha uchun ochiq va siz ulardan ekoturizm fanini o'qitishda va o`rganishda foydalanishingiz mumkin.

  1. Akchako`l   https://youtu.be/YBdlh0P8iJE
  2.  Amudaryo  https://youtu.be/nxZhGz1fPGg
  3.  Orol dengizi  https://youtu.be/Kc-iEQ12M7Q
  4.  Aydarko`l https://youtu.be/k7iskyYU28U
  5. Baday To`g`oy tabiat qo`riqxonasi  https://youtu.be/HPypBnDuELk
  6.  Chorvoq ko`li  https://youtu.be/WW_UAjuexdU
  7.  Chotqol tizmasi  https://youtu.be/4Z-TuzaRs7M
  8.  Jayron eko-markazi  https://youtu.be/f6qU-vhBK3s
  9.  Kitob davlat geologic qo`riqxonasi: https://youtu.be/0Ydx8SRDcRU
  10. Majrum qishlog`i https://youtu.be/MjrrWzDxRRQ 
  11. Nurota tabiat qo`riqxonasi  https://youtu.be/HroPacFv7E8
  12. Nurota tog` tizmasi  https://youtu.be/MaqPCjI2JrE
  13. Qalajiq ko`li  https://youtu.be/n_4IEE8hR0s
  14. Sentab qishlog`i https://youtu.be/OiOX3oSiJYg
  15. Ugam Chotqol tabiat parki  https://youtu.be/OZdApp5x_V0
  16. Ustyurt plato kanyonlari https://youtu.be/Nm_xvD6UvsQ
  17. Zomin tabiat parki  https://youtu.be/ghYu4_HM0_U
  1. Loyiha barqarorligi. Erishilgan natijalarning barqarorligi sifatida, loyiha jamoasi YUNESKO tashkiloti tomonidan Orolbo'yi hududida mahalliy aholining turizm qobiliyatlarini oshirish bo`yicha grant sovrindori bo`ldi. Bundan tashqari, Turizm va mehmonxona xo`jaligini boshqarish kafеdrasi xodimlari jahonning yetakchi professor-o‘qituvchilari bilan konferensiyalar tashkil etish, ilmiy maqolalar yozish, almashinuv dasturlar tashkil qilishda faol hamkorlik qilmoqdalar.

Ulashish: