Close
  • Колл-центр

  • Расписание
    занятий

  • Экзаменационное
    видеонаблюдение

  • Виртуальная
    приемная

  • Заявку на вакансию

  • Зеленый
    университет


E'LON!



Diqqat, qabul!

Respublika oliy taʼlim muassasalariga xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun davlat grantiga tanlov eʼlon qilinadi!

Maʼlumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2024/2025-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida” 2024-yil 19-iyuldagi F–36-son farmoyishi bilan O‘zbek tili va adabiyoti, Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili, Tarix, San’at ta’lim sohasidagi barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari hamda Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi, Musiqa ta’limi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha 2025-2026-o‘quv yilida xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun davlat grantlari ajratilgan.

Shu munosabat bilan, Oʻzbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi majlisining 2024-yil 16-avgustdagi 72-4-son bayoniga muvofiq, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida oʼqish istagi boʼlgan, xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar ushbu raqamga +998 90 431 33 88 (Jumaniyozova Ro'zagul) murojaat qilishlari mumkin.