Close
  • Колл-центр

  • Расписание
    занятий

  • Экзаменационное
    видеонаблюдение

  • Виртуальная
    приемная

  • Заявку на вакансию

  • Зеленый
    университет


DIQQAT EʻLON!


Urganch davlat universitetida fanlardan akademik qarzdorligi mavjud talabalarni qayta o‘qitish maqsadida Yozgi semestr tashkil qilinmoqda (Asos: 824-son qaror, 4-bob 18- bo‘lim..)

Akademik qarzdorlikni bartaraf etish istagida bo‘lgan talabalar quyidagi ketma-ketlik asosida 2025-yil 15-maydan 15-iyungacha ariza topshirishlari lozim:

Talaba HEMIS tizimining “Qayta o‘qish” bo‘limida akademik qarzdor fanlarni tanlab, ariza beradi.

Ariza asosida talaba http://kontrakt.edu.uz saytida shakllantirilgan shartnomani yuklab olib, unda ko‘rsatilgan miqdordagi to‘lovni amalga oshiradi va shartnoma hamda to‘lov kvitansiyasini Registrator ofisiga taqdim etadi.

Buyruq asosida yozgi semestrga ruxsat berilgach, mas’ul xodimlar tomonidan fan guruhlari shakllantiriladi. HEMISdagi “Qayta o‘qish” bo‘limida dars jadvallari yaratiladi. Fan bo‘yicha darslar o‘qituvchilar tomonidan olib boriladi, oraliq va yakuniy nazoratlar o‘tkaziladi. Natijalar esa HEMIS tizimiga kiritiladi.

Talaba kreditni to‘liq yopishi, darslarga qatnashishi, mashg‘ulot va nazoratlarda o‘z vaqtida ishtirok etishi shart. 25% va undan ortiq sababsiz dars qoldirgan yoki belgilangan tartibni buzgan talaba yana shu fandan akademik qarzdor hisoblanadi.

Batafsil ma’lumot uchun Registrator ofisiga murojaat qiling!