Close
  • Колл-центр

  • Расписание
    занятий

  • Экзаменационное
    видеонаблюдение

  • Виртуальная
    приемная

  • Заявку на вакансию


Barqaror va qayta tiklanadigan manbalar sohasida malaka oshirish xalqaro tanlovi


YUNESKO va Rossiya Federatsiyasi hukumati 2020 yil uchun barqaror va qayta tiklanadigan manbalar sohasida malaka oshirish stipendiyalari xalqaro tanlovini e’lon qiladi. Tanlovda g’olib chiqqan nomzodlar 2020 yil 5-30 oktyabr kunlari mobaynida Rossiya Federatsiyasidagi Barqaror energiyani rivojlantirish xalqaro markazida quyidagi sohalar bo’yicha malaka oshirish imkoniyatiga ega bo’lishadi:

  • Energiya va barqaror rivojlanish;
  • Energiya manbalarini ekologik boshqaruvi;
  • Qayta tiklanadigan manbalar;
  • Barqaror va qayta tiklanadigan manbalardan elektr quvvatini ishlab chiqarish.

Tanlovda eng kamida bakalavr darajasiga ega bo’lgan, 35 yoshdan  oshmagan, jismonan sog’lom va ingliz tilida erkin so’zlasha oladigan nomzodlargina qatnasha oladilar.

Qo’shimcha ma’lumotlar olish uchun telefon: (71) 267 -05-42, (71) 267 0-561- YUNESKO ishlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi, 71-246 01 90 (Shahlo Eshqobilova)