Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Urganch davlat universiteti rektori murojaatnomasi


MUROJAATNOMA

17.07.2021

urdu.uz, Urganch davlat universiteti, Urganch davlat universiteti rektori:Baxrom Abdullayev,MUROJAATNOMA

Bugungi kunda yurtimizda yoshlarning chuqur bilim olishi, kasb-hunar o‘rganishi, o‘zlari tanlagan mutaxassisliklari bo‘yicha oliy ta’lim muassasalarida tahsil olishi, iqtidorlarini keng namoyon qilishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Ayniqsa, keyingi yillarda oliy ta’lim tizimida o‘quv-tarbiyaviy ishlar yanada takomillashtirilib, ilg‘or fan-texnika yutuqlari, innovasion texnologiyalar, istiqbolli loyihalar keng tadbiq qilinmoqda.
Zero, o‘zi tanlagan yo‘nalishi yuzasidan zamon talablariga javob bera oladigan, respublikaning ilm-fan, madaniyat, iqtisod, ijtimoiy sohalarini rivojlantirishda o‘z hissasini qo‘shadigan,  mustaqil fikrlay oladigan, yuksak ma’naviyatga ega  bo‘lgan yuqori salohiyatli, malakali, raqobatbardosh, yuksak bilimli mutaxassislarni tayyorlash bugungi kunda Oliy ta’lim tizimining  oldida turgan asosiy maqsad hisoblanadi.  
Amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida oliy o‘quv yurtlariga talabalar qabuli 3 barobarga ortdi.  Birgina Urganch davlat universitetida 2021/2022-o‘quv yilida qabul ko‘rsatkichi 4,2%ga (5033 ta) oshirildi. 4 ta yangi bakalavriat ta’lim yo‘nalishilari va 6 ta yangi magistratura mutaxassisliklari ochildi. Jumladan, Sport faoliyati (kurash), Biznesni boshqarish (tarmoqlar bo‘yicha), Ijtimoiy ish (fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish organlari),  Arxeologiya, Yarimo‘tkazgichlar fizikasi, Elektr energetikasi tizimlari va tarmoqlari (faoliyat turlari bo‘yicha), Bino va inshootlar arxitekturasi, Qurilish materiallari, buyumlari, konstruksiyalari va ularni ishlab chiqarish texnologiyalari, Agronomiya singari mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.
Albatta,  bularning barchasi raqobatbardosh va malakali, respublikamizning iqtisodiy-ijtimoiy  rivojiga o‘zining bilim va tajribasi bilan hissa qo‘shadigan kadrlarni tayyorlashni asosiy maqsad qilib belgilaydi. 
Barchamizga ayonki, korrupsiya taraqqiyot kushandasi. Korrupsiya bor ekan biz ko‘zlagan maqsadlarimizga erisha olmaymiz. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A.Toshqulov o‘z nutqlarida ta’limdagi korrupsiya masalasiga to‘xtalar ekan, korrupsion holatlar kuzatilishi mumkin bo‘lgan magistraturaga qabul, o‘qishni ko‘chirish, ijodiy imtixonlar hamda qabul jarayonlarida bunday holatlar kuzatilayotganini afsus bilan tilga oladi. Bugungi kunda ushbu korrupsion holatlarni bartaraf qilish maqsadida oliy ta’lim tizimida mazkur jarayonlar yuzasidan islohotlar amalga oshirilmoqda.
Biroq universitetga umuman aloqasi bo‘lmagan ba’zi bir firibgarlar tomonidan turli  yolg‘on aldovlar yo‘li bilan o‘zganing mulkini qo‘lga kiritishga harakat qilish, pora taklif qilish, olish yohud vositachilik qilish kabi noqonuniy xatti-harakatlar kuzatilmoqda.

Hurmatli professor-o‘qituvchilar, aziz hamkasblar!

Ayni damda, respublikamiz bo‘ylab katta bir jarayon ya’ni  qabul  jarayoni  o‘tkazilmoqda. Ushbu jarayonlarni turli korrupsion holatlarga yo‘lga qo‘yilmasdan shaffof o‘tkazishda o‘z hissangizni qo‘shing. Qabul jarayoni bilan bog‘liq turli noxush holatlarga aralashib qolmang.  Zero, bu bilan nafaqat ulug‘ va sharafli kasbingizni, pedagoglik sha’ningizni, balki  yurtimiz egalari bo‘lgan yoshlarimizning kelajagini kafolatlagan bo‘lasiz. Yillar davomida qilgan mehnatingiz, topgan obro‘-e’tiboringiz va hurmatingizni bir lahzada yo‘qqa chiqarmang!

Hurmatli ota-onalar va abituriyentlar!

O‘zbekiston Respublikasi Qonunlarida pora olgan bilan birga pora taklif qiluvchi ham javobgarlikka tortilishi belgilangan. Siz ham qing‘ir yo‘llar bilan talaba bo‘lish ilinjida turli noqonuniy xatti-harakatlarni amalga oshirib, uyatga qolmang! Zero, beradigan qo‘l bo‘lmasa oladigan qo‘l ham bo‘lmaydi! Farzandingiz qo‘lini poraga o‘rgatmang!

Baxrom Abdullayev
Urganch davlat universiteti rektori

Ulashish: