Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Ege universiteti bilan imzolangan kelishuvlar amalga oshirilmoqda


Joriy yil 9-iyun sanasida Turkiya Respublikasining Izmir shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro ta’lim forumi doirasida Turkiyaning qator universitetlari qatorida Ege universiteti bilan  ham ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida uzoq yilga mo‘ljallangan 7 ta hamkorlik shartnomasi imzolangani haqida xabar bergan edik. 

Bugun, 16-iyul kuni mazkur kelishuvlar doirasida Ege universitetning Adabiyot fakulteti, Turk tili va adabiyoti boʻlimi rahbari, professor Selami Fidokor, shu boʻlim doktoranti Orzu Asarlar ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish maqsadida Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdilar. 

Tashrif doirasida mehmonlar Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev bilan uchrashdilar. Uchrashuvda UrDU tomonidan Xalqaro aloqalar boʻyicha prorektor Gʻ.Oʻrazboyev, Xorijiy filologiya fakulteti dekani Z.Jumaniyozov, Filologiya fakulteti dekani D.Gʻayipov hamda Urganch shahridagi viloyat pedagoglarini malakasini oshirish istituti “Til va adabiyot” kafedrasi mudiri N.Sobirovalar ishtirok etdilar. 

Rasmiy uchrashuvda hamkorlik doirasida koʻrilgan masalalarni yoʻlga qoʻyish, shu jumladan, 2022-2023 oʻquv yilidan boshlab qoʻshma ta’lim dasturlarini joriy etish, professor-oʻqituvchilar va talabalar mobilligi, qoʻsh rahbarlik asosida ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, ilmiy stajirovkalar tashkil qilish, xorijiy tillarni oʻqitish, arxeologiya va suv resurslari, baliqchilikni rivojlantirish boʻyicha hamkorlik ishlarini samarali tashkil etish kabi masalalari kelishib olindi.

urdu.uz, EGE UNIVERSITETI BILAN  IMZOLANGAN KELISHUVLAR AMALGA OSHIRILMOQDA

urdu.uz, EGE UNIVERSITETI BILAN  IMZOLANGAN KELISHUVLAR AMALGA OSHIRILMOQDA

urdu.uz, EGE UNIVERSITETI BILAN  IMZOLANGAN KELISHUVLAR AMALGA OSHIRILMOQDA

 

Ulashish: