Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Xalqaro tajriba: oziq-ovqat xavfsizligida zamonaviy yondashuvlar muhokama qilindi


27-oktabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida xalqaro oziq-ovqat xavfsizligi mutaxassisi, “Fulbright” dasturi olimi doktor Omar Oyarzabal ishtirokida “Mahalliy oziq-ovqat ishlab chiqarish va qayta ishlashni rivojlantirish imkoniyatlari hamda oziq-ovqat xavfsizligidagi muammolar” mavzusida taqdimot o‘tkazildi.

Tadbirni universitetning Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori G‘.O‘razboyev ochib berdi. Taqdimot Xorijiy filologiya fakulteti dekani Z.Jumaniyozov moderatorligida olib borildi.

Uchrashuvda universitet professor-o‘qituvchilari, doktorantlar, magistr va bakalavr talabalari, shuningdek, Xorazm Ma’mun akademiyasi olimlari, xususiy universitetlar vakillari hamda tadbirkorlar ishtirok etdilar.

Doktor Oyarzabal o‘z ma’ruzasida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda zamonaviy ilm-fan va texnologiyalar ahamiyati, ishlab chiqarish jarayonida sifat standartlarini joriy etish, shuningdek, sohada ilmiy hamjamiyat, sanoat va sog‘liqni saqlash tizimi o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash zarurligini ta’kidladi.

Tadbir Xorazm viloyatida oziq-ovqat ishlab chiqarish va qayta ishlashning barqaror rivojlanishiga bag‘ishlangan ilmiy hamkorlik va tajriba almashuvining muhim maydoniga aylandi.

Ulashish