Close
Skip to main content


UrDU rektori Layonin pedagogika universitetining faxriy professori bo'ldi


Ayni kunlarda Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimova Xitoy Xalq Respublikasining Lyaonin provinsiyasi Dalyan shahridagi Lyaonin pedagogika universitetida xizmat safarida bo’lib turibdi.

Dastlab F.Madrahimova Lyaonin pedagogika universitetining partiya Bosh kotibi Liu Hong xonim bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida Xiva shahrida tashkil etilayotgan Lyaonin pedagogika universiteti filialining tashkiliy jarayonlaridagi o’zaro hamkorlik masalalalari muhokama qilindi.

Safar davomida Lyaonin pedagogika universiteti prorektori Li Yujyun boshchiligida universitetning Xalqaro hamkorlik boshqarmasi boshlig’i va mas’ullari hamda universitet tarkibidagi institut direktorlari ishtirokida muzokaralar o’tkazildi. Muzokaralar davomida Xiva shahrida barpo etilayotgan Lyaonin pedagogika universiteti filialining tashkiliy jarayonlarida O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Xitoyning Lyaonin pedagogika universiteti va Urganch davlat universiteti o’rtasida imzolangan uch tomonlama bitimning mohiyati, unda keltirilgan tomonlarning vazifalari, vakolatlari va majburiyatlari o’zaro muhokama qilindi.

Tashrif doirasida Xitoy-O’zbekiston gumanitar almashuv va mintaqaviy sivilizatsiyalar o’zaro o’rganish bo’yicha Simpozium bo’lib o’tdi, unda Urganch davlat universiteti rektori O’zbeksiton-Xitoy hamkorlik aloqalari bo’yicha ma’ruza bilan ishtirok etdi. Mazkur Simpoziumda Feruza Madrahimovaga Xitoy Xalq Respublikasi Lyaonin pedagogika universitetining Faxriy professori unvoni taqdim etildi.