Close
Skip to main content


Rektor huzuridagi kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi


Bugun Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimova raisligida rektor huzuridagi kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.   Yig‘ilish avvalida tashkiliy masalalarga to‘xtalib o‘tildi. Xususan, yangi tayinlangan rahbar xodimlar jamoaga tanishtirildi. Shuningdek, universitetning yangilangan tashkiliy tuzilmasi masalalari hamda universitet tarixiga bag‘ishlangan "UrDU: Bir asrlik tarix" kitobni nashr etish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Kun tartibidan yoshlar bandligini ta’minlash, rahbar xodimlarga biriktirilgan yoshlar bilan manzilli ishlash samaradorligini oshirish masalalari ham o‘rin oldi. Mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

Yig‘ilish davomida prorektorlar tomonidan o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha axborot va hisobotlar taqdim etildi. Xususan, 2025/2026-o‘quv yili bahorgi semestr yakuniy nazoratlarini va bitiruvchi bosqich talabalari uchun Yakuniy davlat attestatsiyasi jarayonlarining tashkil etilishi, o‘tkazilish holati va natijalari, Iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash va nomdor stipendiyalarga   tavsiya etish holati, Yozgi ta’tilni mazmunli va samarali o‘tkazishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” amaliy tadbirlar dasturi, iyun – “Yoshlar va Giyohvandlikka qarshi kurashish oyligi” munosabati bilan belgilangan vazifalar ijrosini o‘z vaqtida bajarib borish kabi masalalar koʻrib chiqildi.
 
Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berilib, belgilangan vazifalarning ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash zarurligi ta’kidlandi.